Qöqon universitetiga qabul va kontrakt miqdorlari
Qöqon universiteti haqida köpçilik söramoqda. Universitetning Telegramdagi rasmiy kanalida (@kokanduni) bu haqida maʼlumotlar berib borilmoqda. Jumladan:
1️⃣ Universitetga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning iqtidorli va özlaştiriş körsatkiçlari yuqori bölgan farzandlari orasidan tanlov asosida kamida 10 nafar abituriyentlar grant asosida öqişga qabul qilinadi;
2️⃣ Barça bakalavriat taʼlim yönalişlariga hujjat topşirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning ingliz tili uçun - milliy sertifikat V2 va C1 yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 va undan yuqori), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72 va undan yuqori) xalqaro imtihon tizimlari böyiça tilni biliş darajalariga ega bölgan abituriyentlar kiriş imtihonlarisiz suhbat asosida öqişga qabul qilinadi;
3️⃣ Test sinovlari majmuasiga çet tili birinçi (asosiy) bölmagan fan sifatida kiritilgan bakalavriat taʼlim yönalişlariga hujjat topşirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning ingliz tili uçun - milliy sertifikat B1 yoki International English Language Testing System (IELTS 4,5-5,0), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 42-71) xalqaro imtihon tizimlari böyiça tilni biliş darajalariga ega bölgan abituriyentlarga uşbu fandan kiriş imtihonlarisiz belgilangan maksimal ball beriladi;
4️⃣ Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari ğoliblari tegişli taʼlim yönalişlari doirasida kiriş imtihonlarisiz grant asosida öqişga qabul qilinadi;
5️⃣ Özbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan mahalliy yoki xorijiy OTMlarida tahsil olayotgan talabalarga Qöqon universitetiga öqişlarini köçirib davom ettiriş yoki öqişdan çetlatilgan talabalar uçun öqişga qayta tiklaş imkoniyati beriladi.
Tölov-kontrakt miqdorlari:
➡️ Iqtisodiyot – 18.411.520 söm
➡️ Menejment – 18.411.520 söm
➡️ Moliya – 18.411.520 söm
➡️ Tadbirkorlik – 18.411.520 söm
➡️ Mehmonxona va turizimni boşqariş – 18.411.520 söm
(Mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoriga nisbatan (634880 söm) 29 barobari).
➡️ Maktabgaça taʼlim – 17.141.760 söm
➡️ Boşlanğiç taʼlim – 17.141.760 söm
➡️ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili – 17.141.760 söm
(Mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoriga nisbatan (634880 söm) 27 barobari.)
❗️Xorijiy fuqarolar uçun – 2500 AQŞ dollari.
Batafsil:
Call markaz: +998 73 545 55 55, +998 73 545 44 44
Veb-sayt: www.kokanduni.uz
Telegram kanali - @kokanduni
Facebook: facebook.com/kokanduni
Instagram: instagram.com/kokanduni
👉 @xushnudbek 👈


