Özbekiston taʼlim tizimidagi mavhum masalalar

Matn3-sentabr, 2019, 09:211 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Mavhumlik

Sentabr oyi boşlangan bölişiga qaramasdan, quyidagilar haligaça rasman aniq emas:

• Magistraturaga kiriş imtihonlarining yakuniy javoblari;
• Bakalavrda ijodiy imtihon talab etiladigan yönalişlarning yakuniy javoblari;
• Xorijdan öqişini köçirayotgan talabalar uçun ayrim yönalişlar böyiça ötiş ballari (masalan, soğliqni saqlaş, yurisprudensiya, agrar va h.k.);
• Oddiy kontrakt miqdorlari (1-sentabrdan eng kam oylik iş haqi atamasi bekor böldi, endi kontraktlar qanday belgilanişi haligaça maʼlum emas);
• Super-kontrakt miqdorlari;
• Uçta yönalişni tanlaganlar uçun super-kontraktga qabul qilişning tartibi (uçalasidan ham yiqilganlar uçta yönalişdan istalgan birini tanlay oladimi yoki yöqligi. Mantiqan olganda, tanlay olişi kerak);
• Kontraktni stipendiyadan voz keçgan holda arzonroq tölaş tartibi.

Şuningdek:

• Tibbiyot kollejlariga qabul haligaça boşlanmadi;
• Yangi öquv yili boşlanişiga 1 kun qoldi, lekin kelasi yili 5 ta fandan böladigan imtihonlar tartibi maʼlum emas. Joriy yilgi bitiruvçi avlod nimaga tayyorgarlik körişini oldindan bilişi kerakku axir. Yoki bu tartib ham imtihonga 1-2 oy qolganda aytiladimi?

Şunça narsa havoda osilib turgan bir paytda, mutasaddilar keçqurun qanaqa qilib xotirjam uxlaşyapti, hayronman...

Qiziq-a, ertaga yangi öquv yili boşlanadi, lekin öqişga kim kirgan, kim kirmagani hali aniq emas.

Mayli, boş omon bölsa, bir gap bölar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek