Xotin-qizlar uçun imtiyoz va ötiş ballari tuşuntirişi
0:00 / 7:54
❓Xotin-qizlar uçun imtiyozning nima foydasi bor? Ötiş balini kim belgilaydi?
Şu savollarga ovozli xabarda tuşuntiriş berganman.
Aniq misol:
Samarqand viloyatida MUVASSAROVA D. B. ismli abituriyent xotin-qizlar uçun beriladigan tavsiyanoma olgan. Testda 128,1 ball töplagan.
1-yönaliş sifatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) yönalişini tanlagan.
JIDU Yurisprudensiya yönalişida hozirça ötiş bali davlat grantiga 189 ball, tölov-kontraktga 180,6 ball bölib turibdi.
Ammo MUVASSAROVA D. B. xotin-qizlar tavsiyanomasiga ega bölgani va hozirça Samarqand hududi uçun ötiş balidan (122,85) yuqori ball töplagani uçun, JIDU Yurisprudensiya yönalişiga davlat granti asosida qöşimça kvotaga qabul qilinadi. Garçi 128,1 ball töplagan bölsa ham.
Mana şu imtiyozning foydasi. Yaʼni respublika böylab 2 ming nafar xotin-qizlar tavsiyanomalilar içida yetarli ball ololgan bölsa, neça ball töplaganidan qatʼi nazar özi tanlagan 1-yönalişga davlat granti asosida kiradi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2
