Özbekistonda yangi öquv yili va Bilimlar kuni boşlandi
Bugun, 4-sentabr, yangi öquv yilining ilk kuni. Boşqaça aytganda - «Bilimlar kuni».
Bugun yuz minglab bolajonlarimiz ilk marotaba maktabga qadam qöyişadi. Vatanimizning kelajagi bölgan uşbu murğak qalb egalariga bilim oliş yölida omadlar tilayman.
Ota-onalarga esa iltimosim, farzandingiz bilan köproq şuğullaning, ularning öqişini jiddiy nazorat qiling, «öqib, şahar olib berarmiding» degan eskilik sarqitidan voz keçing, unutmang, farzandingizning bilimi uçun sarflangan bugungi investitsiya hamda harakat ertangi porloq kuningiz garovi bölişi şubhasiz.
Qadrli ustozlarimizga ham boşlangan yangi öquv yilidagi zahmatli va maşaqqatli faoliyatlarida kuç-quvvat, sabr-toqat tilayman. Gyote aytganiday, kelajak - maktab öqituvçilarining qölida!
P.S.: ilk bor talabalik gaştini surayotgan ösmir yoşlarimizni ham tabriklayman, faqat bir parça diplom uçun institutga borib-keladigan emas, jamiyatimizga foydasi tegadigan mutaxassis böliş uçun özini qiynab, taʼlim oladiganlar köpayişiga tilakdoşman.
👉 @xushnudbek 👈
