Ayollarning kasb tanlaş imkoniyatlari kengaytiriladi
Manba:Huquqiy axborot
Adliya vazirligi: ayollarning kasb tanlaş imkoniyatlari kengaytirilişi zarur
Özbekiston Konstitutsiyasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli ekanligi belgilangan.
Şundan kelib çiqib qator qonun hujjatlarida mazkur tenglikni taʼminlaş böyiça qoidalar kiritilgan.
Xususan, Mehnat kodeksiga muvofiq jins, yoşi, irqi, millati kabi mehnatga aloqador bölmagan boşqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida çeklaşlarga yöl qöyilmaydi.
Şu bilan birgalikda, hozirgi kunda amalda bölib turgan ayrim qonun hujjatlarida ayollarning mehnat qiliş huquqini çeklaniş holatini köriş mumkin.
Masalan, Ayollar mehnati töliq yoki qisman qöllanilişi taqiqlanadigan mehnat şaroiti noqulay bölgan işlar röyxati bilan jami 400 ga yaqin kasblarda ayollarning işlaşi taqiqlangan.
Taʼkidlab ötiş lozimki, mazkur hujjatning qabul qilinganiga 18 yildan oşdi. Texnika taraqqiyoti tufayli bundan 15-20 yillar avval ayollar işlatişi qiyin bölgan ayrim texnik uskunalar hozirda ayollar ham bemalol işlata oladigan darajaga yetdi.
Masalan, mazkur hujjatga köra ayollarning yölovçilar soni 14 ta dan köp siğimli avtobuslarning haydovçisi bölib işlaşi taqiqlanadi. Vaholanki, hozirgi kunda uşbu rusumdagi transport vositasini boşqariş uçun juda katta jismoniy kuç talab qilinmaydi.
Şu sababli ham ayollar huquqlarini çeklanişini oldini oliş maqsadida Adliya vazirligi tomonidan mazkur hujjat manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda qayta körib çiqilmoqda.
Yuqoridagilarga köra, mazkur Röyxatni takomillaştiriş böyiça takliflarni Telegram messenjeridagi @qonunchilikbot botiga yoki d.umarov@adliya.uz elektron poçta manziliga yuborişingizni söraymiz.
