Bola parvarişlaş taʼtilining iş staji 6 yilga uzaytirildi

Matn11-fevral, 2022, 16:311 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yaxşi yangilik: "dekret"ga çiqqan ayollarga iş staji köproq hisoblanadigan böldi

Prezident imzolagan qonunga (ÖRQ–752-son, 09.02.2022 y.) muvofiq Mehnat kodeksiga ham özgartiriş kiritildi.

❗️Bolani parvarişlaş taʼtilining iş stajiga qöşiladigan davri 6 yil etib belgilandi.

Bunga qadar Mehnat kodeksining 234-moddasi beşinçi qismiga köra, ayollarning bolani parvarişlaş taʼtilidagi vaqti mehnat stajiga qöşilar edi, lekin hammasini jamlaganda köpi bilan 3 yil qöşilardi xolos.

Bu nimani anglatadi?

Aytaylik, ayol xodim pensiya yoşiga tölgunga qadar 4 nafar farzand kördi va ularning har birini parvarişlaş uçun jami 8 yil (har bir bola uçun örtaça 2 yildan) taʼtilda, yaʼni uyida ötirdi.

Avvalgi tartibga köra, mana şu 8 yilning bor-yöği 3 yili mutaxassisligi böyiça, şuningdek pensiyani hisoblaşdagi iş staji sifatida qabul qilinar edi. Qolgan 5 yili stajga ötmasdi.

Endi kuçga kirgan yangi qonunga köra, mana şu 3 yillik muddat ikki barobarga oşirilib, 6 yil etib belgilandi. Yaʼni yuqoridagi misol böyiça olsak, 8 yil bola parvarişlaş taʼtilida ötirgan ayolga 6 yil staj yoziladi, 2 yili esa staj sifatida hisoblanmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1871
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek