1-iyundan pensiya tizimida kutilayotgan yangiliklar
1-iyundan pensiya tizimida qanday yangiliklar kutilyapti?
✅ 2005-yildan avvalgi yillar uçun iş staji şaxsning mehnat daftarçasidagi yozuvlar asosida, qöşimça tasdiqlovçi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi.
Izoh: bugungaça fuqarolardan mehnat daftarçasidan taşqari işlagan davridagi iş haqiga oid maʼlumotlar talab qilinadi, ammo köplab taşkilotlarda arxiv işi töğri yölga qöyilmaganligi uçun juda köpçilik oylik iş haqlari töğrisida maʼlumot topa olişolmasdi, natijada haqiqatan işlagan bölsa ham, pensiyasi kam çiqardi. Endi uşbu Prezident qarori köpçilikka foyda bölişi şubhasiz;
✅ işlovçi fuqarolar işlamaydigan turmuş örtoqlari kelgusida pensiya taʼminotiga ega bölişlari uçun öz daromadlaridan ixtiyoriy ravişda har oyda ijtimoiy soliq tölaşlari mumkin böladi.
Izoh: bu ham yaxşi özgarişlardan biri. Tan olişimiz kerak, bizda köplab ayollar işlamasdan, uyda farzand tarbiyasi bilan band bölişadi. Ammo ertaga iş staji yöqligi sababli, pensiya olişda muammolarga duç kelişadi. Endilikda işlamaydigan fuqarolar uçun Pensiya jamğarmasiga maʼlum miqdorda ijtimoiy soliq tölab borilsa, ertaga pensiya yoşiga yetganida bu pensiya tayinlaş uçun asos böladi.
Bu özgariş yaqinda çiqqan boşqa bir qarorga öxşaydi. Yodingizda bölsa, xorijda işlovçi migrantlarga ham xuddi şunday imkoniyat berilgan edi. Yaʼni 2021-yil 1-yanvardan boşlab mehnat migrantlari agar özlari istasa öziga pensiya hisoblanişi va iş stajiga ega bölişi uçun Pensiya jamğarmasiga ixtiyoriy ravişda ijtimoiy soliq (1 yil uçun 122 ming 500 söm) tölaşi mumkin böldi. Ammo öşanda buni baʼzilar "endi migrantlarga ham soliq solinadi", deb notöğri talqin qilişgan edi.
✅ uç yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekşiriş hamda ular böyiça aniqlangan ortiqça tölovni undiriş bekor qilinadi.
Izoh: pensiya oladigan fuqarolarimiz buni ham yaxşi eslaşsa kerak. Ilgari köplab pensionerlarimiz pensiya hisoblaşdagi texnik yoki boşqa xatoliklar tufayli köproq miqdorda pensiya olgan bölsa, keyinçalik öşa ortiqça pensiyalarning hammasini pensionerdan qayta undirişar edi. Endi tasavvur qiling, 70 yoşga kirgan va heç qayerda işlamaydigan otaxon olgan pensiyasini allaqaçon işlatib bölgan böladi, davlat esa bir neça million sömni qaytarişni talab qiladi. Öşa otaxon qayerdan oladi bunça pulni? Xullas, savollar köp edi.
Ötgan davr mobaynida ortiqça tayinlangan pensiyalar uçun 2 marta öziga xos "amnistiya" berildi. Birinçisi, 28.12.2017-yildagi PF-5291-son Prezident farmoniga asosan, 65 yoşdan katta pensionerlarga hamda 2010-yilgaça tayinlangan va ortiqça tölangan pensiyalardan davlat voz keçgan bölsa, ikkinçi marta 26.12.2018-yildagi PQ-4086-sonli Prezident qarori bilan 2019-yil 1-yanvar holatiga yoşidan qatʼiy nazar barça pensionerlarning qarzlari hisobdan çiqarilgan edi. Endi esa 3 yil avval tayinlangan ortiqça tölangan pensiya tölovlari undirilmasligi qatʼiy belgilab qöyilmoqda.
Xullas, pensiya tizimida ana şunday özgarişlar bizni kutmoqda.
👉 @xushnudbek 👈

