1-iyuldan pensiya va nafaqalar miqdori oşirildi

Matn4-iyun, 2021, 20:032 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️1-iyuldan pensiya va nafaqalar oşirildi

ÖzAning (@uzauz) xabar berişiça, Prezidentning tegişli farmoni (PF-6241, 04.06.2021 y) bilan 2021-yilning 1-iyulidan boşlab:

a) belgilangan yoşga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvçi şaxslarga pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qöşimça tölov joriy etilsin.

Bunda, iş staji töliq bölmagan çoğdagi pensiyalarning eng kam miqdori qöşimça tölovni hisobga olgan holda 256 675 sömdan 400 000 sömga oşiriladi;

b) belgilangan yoşga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 000 sömgaça pensiya oluvçilarning yoşga doir va nogironlik böyiça pensiyalari miqdori 565 000 sömga yetkazildi;

v) zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 030 sömdan 400 000 sömga yetkazildi;

g) boquvçisini yöqotganlik:

pensiyasi oluvçilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uçun qöşimça tölov joriy etildi;

pensiyasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uçun pensiyaning eng kam miqdori 256 675 sömdan 400 000 sömga oşirilsin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uçun amaldagi tartibga muvofiq pensiya tölanadi;

nafaqasi oluvçi oilalarning barça aʼzolarini qamrab oliş maqsadida ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uçun nafaqa miqdori 400 000 söm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uçun 150 000 sömdan qöşilişi belgilandi;

d) bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga beriladigan nafaqa oyiga 513 350 sömdan 565 000 sömga oşirildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek