Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekistonda 2000 va 20 000 sömlik yangi kupyuralar çiqariladi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

⚡️2000 va 20 000 sömlik yangi kupyuralar muomalaga çiqarilişi kutilmoqda

Özbekiston Markaziy banki nominal qiymati 2000 (ikki ming) va 20 000 (yigirma ming) söm bölgan yangi kupyuralarni muomalaga çiqarişni rejalaştirmoqda.

Hozirça yangi kupyuralarning dizayni eʼlon qilinmadi.

Özi şu joyida bir fikr: nima uçun milliy valyutamizning biror yangi nominaldagi kupyurasi çiqarilsa, uning dizayni uçun oçiq tanlovlar ötkazilmaydi? Doim jamoatçilikka yakuniy varianti körsatiladi xolos. Şuni ommaviy va oçiq tanlov qilib, barça xohlovçi dizayn studiyalaridan variantlar olib, maxsus komissiya ularni saralab, keyin şort-listni jamoatçilikka taqdim etib, ular orasidan eng çiroyli va jozibadorini tanlasak bölmaydimi?

Mayli, turli manipulyatsiyalarning (laykbozlik va soxta ovoz yiğiş) oldini oliş uçun oxirgi xulosani Parlament - senator va deputatlar aytsin, rozimiz. Lekin heç bölmasa mana şu oçiq va şaffof tanlov jarayonlarining özi köpçilikka qiziq bölardi, deb öylayman. Çunki faxrimiz bölgan milliy valyutamizning dizayni muallifi bölişni köpçilik orzu qiladi, hammaga imkon beriş kerakmikin deyman-da.

Bular şunçaki IMXO.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek