Ayollar uçun 1146 işonç telefoni va erkaklar qarşiligi
Manba:Daryo — LIVE
Tanzila Norboyevaning aytişiça, Özbekistonda erkaklar «qözğolon» kötarganmiş. Bor-yöği bir işonç telefoniga qarşi
Toşkentdagi mehmonxonalarning birida ayollar huquqlari masalasida ötkazilgan davra suhbatida Özbekiston xotin-qizlar qömitasi raisi Tanzila Norboyeva qiziq bir faktni aytdi — ayollar uçun maxsus, tezkor, respublika böyiça yagona qisqa raqamli «1146» işonç telefoni işga tuşirilişiga erkaklar tomonidan jiddiy qarşiliklar bölgan.
Işonç telefonlari zöravonlik qurboniga aylangan ayollar va qizlarga oğir vaziyatdan çiqişga yordam berib, ruhiy, huquqiy hamda tibbiy kömak beradi. Bunda ayolning xohişiga köra, uning şaxsi va murojaati sir saqlanadi. Zarur hollarda, jabrdiyda ayollar Özbekistonning barça hududlarida taşkil etilayotgan Ijtimoiy moslaşuv markazlariga (şelterlarga) joylaştiriladi.
Maʼlumotlarga köra, hozirgi kungaça mazkur işonç telefoni orqali 7 mingga yaqin murojaat kelib tuşgan bölib, bir kun davomida eng köpi bilan 50—60 taga yaqin qönğiroq amalga oşirilgan. Xöp, erkaklar buning nimasiga «qözğolon» kötargan?
«Erkaklar «qözğoloni» böldi — ular ayollar uçun maxsus işonç telefonlari işga tuşirilişini umuman istaşmadi. Ular işonç telefonlari orqali ustidan şikoyat qilingan erkaklarga nisbatan jinoiy işlar qözğatilişidan xavotir olişdi. Biz ularga bu huquqiy-maslahat, psixologiq qöllab-quvvvatlov maqsadida taşkil etilganini tuşuntirdik. Biz tuşkunlikka tuşgan ayolni könglini kötarib, agar muammo erkak kişida bölsa, u bilan ham muloqot ötkazişni közlagandik. Maqsadimiz ularni jazoga tortiş emas, balki ular bilan suhbat ötkazib, töğri yölga soliş», — deydi Tanzila Norboyeva.
Ajoyib «erkaklar» bor-da: xotinini bearmon uradi, lekin buning uçun jazolanişdan qörqadi. Özi kimdandir kaltak yesa, qayerga qanday murojaat qilişni juda yaxşi biladi, biroq özi kaltaklagan xotini uning ustidan kimgadir şikoyat qilişini istamaydi. Eh, «erkak», «erkak»!


