Murojaatnomada taʼlim sohasi böyiça belgilangan vazifalar
Murojaatnomada aytilgan taʼlimga oid eng muhim gaplar:
👉 xususiy oliygohlarga ham kerakli mutaxassislarni tayyorlaş böyiça davlat buyurtmasi beriş tizimi yölga qöyiladi;
👉 keyingi yildan oliy taʼlimga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oşiriladi;
👉 OTMlarga qabul qilişda ehtiyojmand oilalar qizlari uçun grantlar soni 2 barobarga köpaytirilib, 2 mingtaga yetkaziladi;
👉 aʼlo baholarga öqiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uçun maxsus stipendiyalar joriy etiladi;
👉 “El-yurt umidi” jamğarmasi orqali yetakçi xorijiy oliy öquv yurtlarining magistratura va doktoranturasida öqişga yuboriladigan yoşlar soni 5 barobarga oşiriladi;
👉 30 ta yetakçi OTMga öquv dasturlarini işlab çiqiş, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qiliş huquqi beriladi;
👉 240 mingdan ziyod maktab öqituvçilariga sinf rahbarligi uçun ustama tölovlar 1,5 baravarga oşirilib, byudjetdan 400 mlrd söm qöşimça mablağ ajratiladi;
👉 boşqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan öqituvçilar oyligiga 50 foiz, boşqa viloyatdagi olis tumanga borib işlasa – 100 foiz ustama haq tölanadi;
👉 Xalq taʼlimi xodimlarini rağbatlantiriş hududiy jamğarmalariga 330 mlrd söm yönaltiriladi;
👉 kelgusi yil maktabgaça taʼlim qamrovi 65 foizga, 2023-yil oxirida esa 75 foizga yetkaziladi. Bu işlarga byudjetdan 600 milliard söm subsidiya beriş hisobidan qöşimça 2 mingta nodavlat boğça taşkil etilib, xususiy sektor uluşi 25 foizga yetkaziladi;
👉 2021-yili doktorantlar soni 4,5 mingtaga yetkaziladi yoki 2017-yilga nisbatan 3 barobarga oşiriladi. Uşbu maqsadlar uçun byudjetdan qöşimça 240 milliard söm ajratiladi;
👉 2021-yilda fizika va çet tillarini örganiş ustuvor yönaliş etib belgilandi.
Yuqoridagi özgarişlar böyiça Siz qanday fikrdasiz? Taʼlim sohasida yana nimalar qilişni taklif etasiz?
👉 @xushnudbek 👈


