Çto? Gde? Kogda? finali va bilim uçun katta mukofotlar
Keça Çto? Gde? Kogda? körsatuvida yilning final öyini bölib ötdi. Har doimgidek qiziq böldi, savollar birmunça osonroq tuyuldi lekin. Sevimli jamoam Balaş Kasumov jamoasi finalda öynaganda savollar ança qiyin bölardi doim.
Eʼtiborli tomoni, finalning mukofot jamğarmasi 2 mln 617 ming rubl, özimizni pulga 369 mln söm böldi. Bu summa savolini bilimdonlar topa olmagan tomoşabinlar orasida teng bölindi. Şunda savoli yutgan har bir tomoşabin 92 mln sömdan oldi.
Mana, bilimni rağbatlantiriş qanaqa böladi! Mana, xalqni kitob öqişga qiziqtirişning oqilona yöli! Bizda esa... Eh, mayli gapirmay...
Finalda bir qiziq savol öynaldi, Sizlarga ham ulaşgim keldi. Qani, toparmikansiz. Demak, savolni eşiting:
❓Savol muallifi bir tadbirda zalda ötirgan odamlar mana şunday maxsus kiyimni kiyib olişganini körib qoladi.
Diqqat, savol! Nima maqsadda odamlarga bunday kiyim kiydirib qöyişgan?
Vaqt ketdi! Izohlarda javobingizni yozib qoldiring.
(iltimos, öyinni körganlar vijdonan javob yozmasin)
👉 @xushnudbek 👈



