Zakovatda bitta savol uçun 62 mln söm mukofot berildi

Foto21-may, 2022, 17:311 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Haliyam ötiribsizmi? “Zakovat”ga qiziqarli va teşa tegmagan mantiqiy savollar yubormayapsizmi?

Buyoqda esa örningizga boşqalar millionlar işlab olişmoqda.

Keça “Zakovat”ning bahorgi mavsum finali bölib ötdi. Unda Nukus şahridan öqituvçi Bahodir Qidirboyev savoli mavsumning eng yaxşi savoli deb topildi.

Bahorgi mavsumdan boşlab finalda mukofot pullari 2 barobar oşirildi: yarmi “Zakovat” klubi, qolgan yarmi “Kapitalbank” hisobidan.

Şu sababli Bahodir Qidirboyev mavsumning eng yaxşi savoli uçun 50 mln söm, şuningdek öyinda oltinçi oçkoni qölga kiritgani uçun yana 12 mln söm, jami❗️62 mln söm pul mukofotiga ega böldi.

Bitta savol bilan 62 mln söm işlab oliş — bunaqasi hali tarixda bölmagan! Bu hali mavsum finali, oldinda yil finali turibdi. Hozirça yil finalida eng yaxşi savolga 100 mln söm vaʼda qilingan. Lekin oşirilişi ham mumkin.

📨Savol yuboriş şartlari bu yerda.

Eslatma: 2022-yil 20-yanvardagi Prezident qarorida savol yöllagan teletomoşabinlarni moddiy rağbatlantiriş masalasi ham belgilangan edi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 967
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Farmatsevtika institutida qabul boşlandi

    02 daqiqa

Yana oʻqing