Prezident maktablari bitiruvçilari uçun qöşimça imtiyozlar
Prezident maktablari bitiruvçilari uçun qöşimça imtiyozlar belgilandi
Bu haqda tegişli Prezident qarori (PQ–5188-son, 19.07.2021 y.) qabul qilindi.
✅ Qarorga köra, Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi – Prezident taʼlim muassasalari agentligi etib qayta nomlandi.
✅ 2021–2025-yillarda Agentlik tizimida 13 ta yangi ixtisoslaştirilgan maktab quriladi.
✅ 2021-yil 1-sentabrgaça:
➖ Agentlik tizimidagi ixtisoslaştirilgan maktablarda alohida taʼlimga ehtiyoji bölgan bolalar uçun inklyuziv IT taʼlim joriy qilinadi.
➖ 2021/2022 öquv yilidan Özbekistondagi xorijiy OTM va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim taşkilotlariga tölov-kontrakt asosida öqişga kirgan Prezident maktablari bitiruvçilariga tölov-kontrakt summasini qoplaş uçun subsidiya tölanadi.
✅ Quyidagilarga:
➖ Prezident maktablari bitiruvçilariga davlat oliy taʼlim taşkilotlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlariga nisbatan qöşimça davlat granti asosida;
➖ Agentlik tizimidagi ixtisoslaştirilgan maktablarning bitiruvçilariga ixtisoslik yönalişidan kelib çiqib davlat oliy taʼlim taşkilotlarining kimyo, biologiya, fizika va axborot texnologiyalari sohalari uçun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat taʼlim yönalişlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan taşqari bazaviy tölov-kontrakt asosida;
➖ Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvçilariga ixtisoslik yönalişidan kelib çiqib davlat oliy taʼlim taşkilotlarining tilşunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uçun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat taʼlim yönalişlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan taşqari bazaviy tölov-kontrakt asosida test sinovlarisiz va qöşimça imtihonlarsiz öqişga kiriş huquqi beriladi.
👉 @xushnudbek 👈


