Şavkat Mirziyoyev 64 yoşga töldi

Foto24-iyul, 2021, 08:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugun Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 64 yoşga töldi.

Avval ham aytganman, Prezidentning qay darajada adolatli rahbar ekanligiga asosiy bahoni xalq, yaʼni saylovçilar beradi.

Şu sababli Şavkat Mirziyoyevga uzoq umr bilan birga, doimo xalqning duosini va roziligini oliş nasib qilişini tilayman. Menimça, bundan ortiq mukofot bölmasa kerak.

Uşbu tilakda yana boşqa jihat ham bor. Agar xalq rozi bölsa, demak, davlat rahbari ham töğri yöldan ketayotgan böladi. Agar davlat rahbari töğri yöldan ketayotgan bölsa, demak bu öz-özidan mamlakat rivojlanişini anglatadi. Özbekiston fuqarosi sifatida Vatanimiz yanada gullab-yaşnaşini xohlayman.

Qiziq maʼlumot: tuğilgan kunda eng yaxşi sovğa nima bölişi mumkin? Hammaga har xil, kimgadir kitob, kimgadir biror qimmatbaho buyum, kimgadir özi orzu qilgan yana nimadir. Lekin bobolar uçun tuğilgan kunga Allohning eng yaxşi sovğasi, bu albatta - nabira. Ötgan yili 24-iyulda, yaʼni tuğilgan kunida Şavkat Mirziyoyev nabirali bölgan edi va unga Şavkatjon deb ism qöyişgandi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek