Talabalarni ijaraga qöyganlar soliqdan ozod etilişi mumkin
Talabalarni ijaraga qöyganlarni daromad soliğidan ozod etiş rejalaştirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining «Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab oliş darajasini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
🤝 Qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida quriş va bunga Davlat byudjetidan subsidiya ajratiş böyiça bir qator yangiliklar belgilandi.
✅ Bundan taşqari, jismoniy şaxslarning uy-joylarini talabalarga ijaraga beriş faoliyati böyiça olgan daromadlarini soliqdan ozod etiş yuzasidan Soliq kodeksiga özgartiriş kiritişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi işlab çiqiladi.
🖥 Ijara şartnomalarini soddalaştirilgan raqamli imzosiz hisobga qöyişni taʼminlaydigan elektron tizim işga tuşiriladi.
🔍 Şuningdek, talabalar uçun turar joy qidirişga ixtisoslaşgan elektron platforma işlab çiqiladi, talabalar turar joyi va xususiy xonadonlardan ijaraga turar joy qidirişning işonçli tizimi yölga qöyiladi hamda doimiy ravişda yangilab boriladi.
🏢 Respublika böyiça 85 ta OTMga talabalar turar joyi quriş uçun qöşimça yer ajratiladi, jami 228 ta talabalar turar joylari (jami 91 ming 200 örinli) barpo etiladi. Şundan hududlarda 2022-yili 47 ta, 2023-yili 67 ta, 2024-yili 62 ta, 2025-yili 52 ta talabalar turar joylari quriladi.
👉 @xushnudbek 👈

