Talababay tizimi va talabalar turar joyi muammolari

Matn2-mart, 2021, 21:373 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Talababay

Talabalar turar joylari masalasidagi muammolar haqida bir neça yildan buyon gapirib kelamiz. Albatta bu tez yeçiladigan muammo emas. Çunki biz talabalarni yotoqxonalar bilan taʼminlaş sohasida juda qimmatli köp yillarni boy berganmiz. Hozir endi körpani tortsak yo boşimiz, yo oyoğimiz oçiq qoladi.

Endi xabar qilinişiça, talababay işlanar emiş. Işçi guruhlar tuzilib, mahallalarda yurilarkan.

Özi taʼlimdagi katta muammolardan biri öqituvçilarni mahallalarga jalb qilinişi, özini funksiyasidan boşqa işlar yuklanişida. Talabalarning qarovsiz qolişiga ham sabablardan biri şu. Nima bölsa yoki maktab, yoki kollej, yoki OTM öqituvçisi uyma-uy yurişga jalb qilinadi (ha, yana bankirlar ham bor, ular alohida mavzu, mayli). Ilgari şunaqa edi, hozir boşqaça, deb xaspöşlaş şart emas. Hozir ham joylarda kafedra mudirlari, kuratorlar, öqituvçilar uyma-uy, "mahallabay" deb yurişibdi.

Endi talababay.

Nahotki, boşqaça narsa qila olmaymiz? Biror baxtsiz hodisa bölsa, hammani işçi guruhlaru, uyma-uy yurişlarga jalb qilib, issiğida bir narsalar qilib, keyin unutib yuboradigan işlardan çarçamadikmi? Bunaqa "ruçnoy" işga qança resurs, qança kuç, qança vaqt ketadi?

Xöş, undan keyinçi? Işçi guruh bir oy aylanib, hamma talaba bilan alohida suhbat qilib, keyin albatta "otçyot" uçun rasmga tuşib, bu haqda akt qilib, bir dunyo byurokratiya va qoğozbozlikni döndirib, keyin tonnalab hisobotlar qilib bölganimizdan keyin nima böladi? Talabalarning hammasi turar joyli bölib qoladimi? Yoki ijara bozorida talabalar uçun biror özgariş böladimi? Yoki talabalar şundan keyin zaharlanmaydimi? Yoki qurilişlarda yiqilib tuşmaydimi? Keyin nima böladi, keyin?

Balki hozir fojia bölgani va 5 nafar talaba vafot etgani uçun bu iş albatta kerak, dersiz, ammo tizim yaratilmas ekan, bunaqa işçi guruhlarni har doim uyma-uy yurgiza olmaymiz-ku.

Ança yillar oldin Yuridik universitetda bir guruhga kurator edim. Bizdan ham talabaning uyiga borib, rasmga tuşib, akt tuzib beriş talab etilardi. Borardim, körardim, kim bilan turibsiz deb sörardim, böldi. Işdan keyin 1-2 kişinikiga boriş kerak, özimda maşina yöq, jamoat transportida köp vaqt ketadi va noqulay, taksida yurişni oyligim qoplamaydi. Starosta yoki guruhdagi biror maşinasi bor talaba bilan yurilardi. Xöp, uyiga borib kördim ham deylik, keyinçi? Talabaning şaroiti yomonroq bölsa, boşqa yaxşiroq kvartira topib bera olamanmi, yoki yonimdan kvartirasiga pul beramanmi, yoki şundoq ham çumçuqning iniday bölgan yotoqxonadan joy topib bera olamanmi? Xullas, bunaqa işlaşdan qanaqa foyda borligini yaxşilab öylab köriş kerak. Ura-ura deb hududlarga çiqib ketdik, mahallabay, insonbay, talababay qildik, degan bilan oxirgi manzilni körişimiz kerakku, axir.

Hozirgi işçi guruhlar yuklamasi bora-bora yana oddiy öqituvçilar yelkasiga tuşib, butun şaharni özining yoki biror talabaning hisobidan kezib çiqib, talabasining ijara uyini rasmga tuşiriş talab etiladigan xöjakörsin tizimga aylanib ketmasa deb qörqaman. Özi bunaqa tizim şundoq ham bor, yanada kuçayadiganga öxşayapti.

Talabalar turar joylarini imkon qadar köpaytiriş (baribir töliq taʼminlab bölmaydi), uylarni ijaraga beriş tizimini tartibga soliş, talabalar uçun ijara uylari topişni yengillaştiradigan mexanizmlar haqida boş qotiriş kerak. Şuningdek, Boş vazir örinbosari rahbarligidagi keçagi yiğilişda aytilganidek, tarğibot işlarini (aslida bu ham taʼlim degani) kuçaytiriş, texnika xavfsizligi böyiça birlamçi könikma va bilimlarni beriş lozim.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek