Akfa universiteti yangi kampusi uchun yer sotib olgani haqida
Akfa universiteti özining yangi kampusi qurilayotgan yer maydoni haqida maʼlumot berdi
Avvalroq Qibrayda 25 gektar maydonga qurilişi rejalaştirilayotgan ikkinçi universitet - AKFA University ekani, ular yerni boşqa bir tadbirkordan sotib olgani haqida yozgandik. Şundan söng, iqtisodçi-bloger Otabek Bakirov öz kanalida universitet tomonidan yer oliniş jarayoniga oid örinli savollar berdi.
Mazkur savollarga universitet maʼmuriyatidan izoh söradik.
Maʼlum qilinişiça, Qibray tumanidagi yer maydoni va undagi bino-inşootlar 2011-yildan beri parranda yetiştiriş faoliyati bilan şuğullanib kelgan “Toşkent Parranda” masʼuliyati çeklangan jamiyatidan sotib olingan.
Universitet "Toşkent Parranda" korxonasiga tegişli mulkni bosqiçma-bosqiç sotib olmoqda. Birinçi bosqiçda 10 gektar maydonda joylaşgan mulk sotib olindi. "Toşkent Parranda" tovuqxonalarini boşqa yerga köçirib bölgaç, mulkning qolgan qismini sotib oliş böyiça ikki tomonning özaro kelişuvi mavjud.
Noturar joy toifasidagi köçmas mulk obyektini sotib oliş böyiça kelişuv Özbekiston qonunçiligi asosida rasmiylaştirilgan.
«AKFA Universiteti maʼmuriyati ommaviy axborot vositalari, blogerlar va jamoatçilik uçun oçiqligini maʼlum qiladi va oliy taʼlim muassasasi faoliyatiga oid istalgan savolga javob berişga tayyor», - deyiladi universitet xabarida.
👉 @xushnudbek 👈

