Aziza Qurbonova Sirdaryo ayollari dardi haqida yozdi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganYiğlab borsam, höngrab çiqdi
Jurnalist va bloger Aziza Qurbonova özining Telegram kanalida bir post qoldirdi. Uni töliqligiça sizlarga havola qilmoqçiman:
«Sirdaryo viloyatida xizmat safaridamiz. Ayollarni eşityapmiz. Siniqqan tabassum ortida yuz tuyaga yuk bölgulik dardlar, iztiroblar... Hammasi ham hamma gapni ham mikrofonga aytgisi kelmaydi. Quloğimga aytolganlari bir dahşat...
Turmuş örtoğidan ayrilgan, yaşaş qiyinçiliklarida jizğinagi çiqayotgan ayol "yolğizlik eng yomoni, har ötgan bir turtadi" deydi.
Turmuş örtoği bilan amallab rözğor tebratayotgan, hayot aravasini tortayotgan ayol esa bitta gul orzusida 40 ga çiqyapti.
Özi yetim ösgan, söng gul yoşida içuvçi erdan beva qolgan, 3 kunda 1 gektar yerni ağdaradigan erkakka aylanib ketgan ayolning yana ikki qizi beva-yu ajraşib ketganini eşitib, nima deyişni bilmaysan. 60 ga çiqdi bu ayol, qaçon endi özi uçun yaşaydi, qaçon baxtni his qiladi, qaçon issiq uyda yaşaydi, qaçon dasturxoni töladi, qaçon yaxşi joyda davolanadi...
-Nima olyapsizlar, kamerami- deb oldimizga kelişadi ayollar qora plastmassa oyoq kiyimida loyga botgança.
-Sizlarni olgani keldik.
-Voy, qişloq ayollari xunuk ekan deyişmasin, ber buyoqqa kalişimni, deydi ayol. Mişiği oqib turgan öğlining oyoğidagi kalişni özining "platmassa bötik" iga almaştiradi, kaliş esa platmassa oyoq kiyimidan-da xafaroq körinadi...
Özim siqilgan, özim ezilgan, men muammo deb bilgan gaplar, holatlar bugun körganlarim oldida naqadar uyat, naqadar noşukrlik, naqadar ahmoqlik...
Kimda hamma narsa bor, kimda esa heç narsa...
Keçiring».
Post tugadi
👉 @xushnudbek 👈





