Talabalar turar joyi muammosi va ijara tizimi taklifi
Manba:Xushnudbek.uz
Şu kunlarda talabalar turar joyi muammosi yana keng miqyosda muhokama qilinyapti.
Katta ehtiyojni qondiriş maqsadida arzon narxdagi talabalar uylarini quriş, bunga xususiy sektorni ham jalb qiliş taklif etilmoqda. Bu albatta yaxşi ğoya va buni töliq qöllab-quvvatlayman.
Ammo tan olaylik, bu kabi loyihalar, birinçidan, uzoq muddat talab qiladi, ikkinçidan, baribir ehtiyojni töliq qondira olmaydi. Talabalarni turar joy bilan 100% taʼminlay olgan birorta davlat bölmasa kerak, menimça.
Şu sababli talabalarning uy topiş bilan boğliq muammosi doim saqlanib qoladi.
Şunga köra, balki parallel ravişda talabalarga ijara uylarni topişda yordamlaşuvçi elektron tizimni yölga qöyiş kerakdir. Videoda bu taklif haqda qisqaroq tuşuntirişga harakat qilganman.
Boşlanişiga balki qiyin yoki foydasizdek körinar, lekin vaqt ötişi bilan vaziyatni birmunça yumşatiş va tartibga solişda yordam berişi mumkin.
❓Talabalar turar joylari muammosini yaxşilaş uçun sizda yana qanday aniq takliflar bor? Biz bilan örtoqlaşing.
👉 @xushnudbek 👈

