Yunusoboddagi fojiadan keyin favqulodda yiğiliş ötkazildi
Yunusoboddagi fojiadan keyin favqulodda yiğiliş ötkazildi
Boş vazir örinbosari B.Musayev boşçiligida talabalar yaşaş şaroiti va harakatlanişi monitoringini yölga qöyiş va bu boradagi işlarni takomillaştiriş masalasida videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Muhokama natijasida quyidagilarni amalga oşirişga kelişib olindi:
Birinçidan, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, Içki işlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Talabalar yaşaş şaroiti va xarakatlanişi monitoringini yölga qöyiş va bu boradagi işlarni takomillaştiriş” yuzasidan qöşma qarorini qabul qiliş;
qöşma qarorda har bir hududda Işçi guruh tuzib, ijarada va yaqin qarindoşinikida yaşayotgan talabalar böyiça örganiş tizimini joriy qiliş;
Ikkinçidan, har bir hudud kesimida talabalar turar joylari va ijaradagi talabalarning yaşaş şaroiti va turar joyi holatini, ayniqsa yonğin va boşqa texnik xavfsizlik talablariga mos kelişini töliq tanqidiy va tahliliy örganiş;
Uçinçidan, oliy taʼlim muassasalari prorektorlarining lavozim vazifalarini qayta körib çiqib, ularning talabalar turar joyi va ijarada yaşaydigan talabalar bilan işlaş tizimini yaratiş;
Törtinçidan, Favqulodda vaziyatlar vazirligining joylardagi boşqarma va bölimlari bilan birgalikda har bir talabalar turar joyidagi yonğin xavfsizligi va boşqa texnik xavfsizlik masalalarini örganib çiqiş;
Beşinçidan, talabalarga birlamçi yonğin va boşqa texnik xavfsizlik masalalari böyiça yetarli tuşuntirişlar beriş;
Oltinçidan, ijarada turadigan talabalar bilan guruh murabbiylari, profilaktika inspektorlari va mahalla masʼullari tomonidan hamkorlikda olib boriladigan profilaktik tadbirlar qamrovi va sifatini oşiriş;
Yettinçidan, viloyat markazlariga yoki Toşkent şahriga uzoq tumanlar va boşqa viloyatlardan OTMlarga öqişga kelib, ijarada turadigan talabalarni vaqtinçalik röyxatga oliş mexanizmini işlab çiqiş va amaliyotga joriy etiş;
Sakkizinçidan, OTMlarga öqişga qabul qilingan talabalarning ehtiyojidan kelib çiqib, talabalar turar joylarini quriş yuzasidan işlab çiqilgan manzilli dasturni takomillaştiriş.
Işçi guruhlar joriy yilning 1-martidan öz faoliyatini boşlaydi.
👉 @xushnudbek 👈

