Talabalar yotoqxonalarini saqlaş xarajatlari muhokama qilindi

Matn2-mart, 2021, 18:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bitta 400 örinli yotoqxona bir yilda 600 mln sömga tuşadi, talabalar tölovi esa - 290 mln

Bugun, 2-mart kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati”da talabalarni turar joy bilan taʼminlaş borasida olib borilayotgan işlar muhokama qilinmoqda.

Unda Oliy va örta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toşqulov şunday dedi:

«Oliy taʼlim muassasalari yotoqxonalarining şaroiti yaxşi emasligi şaxsan rektorning eʼtiborsizligi, OTM rahbarining öşa yotoqxonaga kirmasligidan, boşqa sabab yöq.

Har qanday OTM pul topa oladi. Çunki talabalar turar joyida yaşayotgan talaba muassasa hisob-kitobidan kelib çiqib, oz bölsa-da pul tölaydi. Arzimas pul, lekin öşa pulni öziga sarflasa ham hamma jihozini tayyor qilib qöysa böladi.

Endi hozir men aytmayman, ijtimoiy tarmoqlarda çiqib, notöğri talqin bölişi mumkin. Bir kuni bir talabalar turar joyiga borib, talabalar orasida bir keça yotdim. Bir talaba bilan uning xonasida tunni tongga ulab suhbat qilib çiqdim va undan butun sir-asrorni sörab oldim. Yaşaş şaroiti, sanuzellar holati, bir dunyo muammo bor.

Davlat-xususiy şeriklik asosida SamDU hududida loyiha qiymati 11.7 mlrd söm bölgan 350 örinli talabalar turar joyi namuna sifatida qurib bitkazildi.

Şu bilan birga, davlat-xususiy şeriklik asosida yotoqxonalar quriş masalasi talab darajasida, deb bölmaydi. Talabalar turar joylari ijtimoiy obyekt bölgani sababli tadbirkorlarni mazkur jarayonlarga jalb etiş birmunça qiyinçilik tuğdirmoqda.

Hisob-kitoblarga köra, bitta 400 örinli talabalar turar joyini saqlaş bir yilda örtaça 600 mln sömni taşkil qiladi. Talabalar tomonidan tölanadigan summa esa yiliga örtaça 290 mln sömni taşkil etadi. Tölovlarning xarajatlarni qoplamasligi xususiy sektorni jalb qiliş imkonini bermayapti.

Tahlillar ijtimoiy obyektlarni quriş işlariga hissa qöşayotgan tadbirkorlik subyektlariga qöşimça imtiyozlarni beriş lozimligini körsatmoqda», dedi oliy va örta maxsus taʼlim vaziri.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek