Oliy taʼlim tizimi töliq raqamlaştiriladi

Matn14-noyabr, 2021, 19:181 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Endi qoğoz jurnal, reyting daftarça bölmaydi, talaba guvohnomasi ID kartaga almaştiriladi

Oliy va örta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toşqulov şanba kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida asosiy eʼtiborni oliy taʼlim tizimini raqamlaştiriş masalasiga qaratdi.

«Bugundan rektorlar kirişişi kerak, Özbekiston oliy taʼlim tizimida jurnal, reyting daftarça qoğoz körinişda bölmaydi. Talaba guvohnomasini ham ID kartaga ötkaziş va unda barça maʼlumotlar saqlanişi böyiça budjet loyihasi ötdi. Bu ham muhokamada hozir», — dedi Abduqodir Toşqulov.

Vazirning sözlariga köra, endi har bir fakultetga kirganda közga taşlanib turuvçi, A1 va A2 formatdagi öquv prorektori tasdiqlagan dars jadvali — bu körsatkiç emas.

«Vazir, masʼullar borganida talabaning qölidan smartfonini olib, uni ilovada körsatib berişi, dars jadvali uning telefonida bölişi kerak», — dedi u.

Vazir şuningdek, xorijlik hamkasblari oldida hijolat bölayotganini, çet ellik hamkasblari oldida — buni endi joriy qilayapmiz deyişga uyalayotganini ham taʼkidlagan.

«Bu 10−15 yil oldin Yevropa, Ğarbda, Şarqda qilingan narsa. Lekin heçdan köra keç», — degan u.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek