Abduqodir Toşqulov talabalarni tadbirlarga jalb etiş haqida
Oliy taʼlim vaziri Abduqodir Toşqulov gul berişga jalb qilinadigan talaba qizlar böyiça munosabat bildiribdi:
«Eng yomon körganim şu, xorijdagi mehmonlarni kutib oliş (fon) uçun nega mening gul qizlarim gul kötarib çiqişi kerak? U yerga ham özingizning farzandingizni qöyib köring. Bu böyiça alohida buyruq qilamiz. Buni majburiy mehnatga tenglaştiramiz. Bu majburiy mehnatning bir körinişi. Yaʼni u qizlar xohlab borayotgani yöq. Sovuqda, darsdan çiqib, tögarakka boriş kerak bölgan vaqt yoki dam oliş vaqti adras köylakni kiyib, gul kötarib boriş qaysi qizga yoqadi? Bölmagan narsa u. Tarjimon bölsa tuşunaman, turizmda öqisa tuşunaman.
Stadionni töldiriş uçun ham talaba, fon uçun ham talaba, festival bölsa ham talaba... Hamma joy huquqiy qolipga tuşişi şart. Talaba öqişi kerak. Kerak bölsa töyib uxlaşi kerak, talabaning şaxsiy hayotiga aralaşişga haqqimiz yöq».
👉 @xushnudbek 👈



