Stalin qatağonlari va Yuriy Dudning Kolima haqidagi filmi
Faşizm — şubhasiz yomon, ha. Gitler — millionlab begunoh insonlarni qirib taşlagan yovuz, töğri.
Ammo unutmaslik kerakki, öz qöl ostidagi mustamlaka davlatlarning millionlab maʼrifatparvarlarini beayov qatağon qilgan sovetlarning manfur siyosati ham aslida — faşizm, Stalin ham aslida — Gitler.
Davronbek Tojialiyev Feysbukda quyidagiça post qoldirdi, öqib körsangiz ziyon qilmaydi:
«Yutubda 5 milliondan ortiq obunaçiga ega rossiyalik bloger Yuriy Dudning "Kolima - rodina naşego straxa" deb nomlangan 2 soatlik hujjatli filmi (https://youtu.be/oo1WouI38rQ) rus mediasida şov-şuvlarga sabab böldi. Unda Stalin qatağonlarining ayançli oqibatlari haqida fikr bildirilgan.
2018-yil oktabrda Butunrossiya jamoatçilik fikrini örganiş markazi ötkazgan tadqiqot natijalariga köra, 18 yoşdan 24 yoşgaça bölganlarning qariyb yarmi Stalin qatağonlari haqida heç qaçon eşitmagan ekan. Yuriy Dud Stalin qatağonining ölim lagerlari - sovuq Magadan va Kolimaga borib, sobiq lagerlarning maşʼum manzarasini, tobora odam qadami uzilayotgan makonlarni, taşlandiq şahar va qişloqlarni suratga oladi, şaroitlardan zada bölgan mahalliy xalq vakillari, tarixçilar, sobiq mahbuslarning farzandlari bilan suhbat qiladi.
Filmda aytilişiça, 1930-1956-yillarda 20 000 000 kişi GULAGga taşlangan. Ulardan 2 000 000 nafari nobud bölgan. Odatda "xalq duşmani" va boşqa ayblovlar bilan otiş va hibsga oliş uçun har bir respublikaga raqamlar belgilanar, respublika kuç işlatar tizimlari şu raqam böyiça "ayblanuvçilar"ni yetkazib berişi talab etilardi. Vaziyat şu darajaga yetdiki, respublika rahbariyatlari markazga "Bizda hali xalq duşmanlari köp ekan" deb kvotani oşiriş böyiça taklif yubora boşlaydilar.
Magadan, Kolimaning ölim lagerlarida bir qança özbek ziyolilari ham nobud bölgan. Qiş oylarida harorat 50°-60° gaça tuşgani uçun köplab mahbuslar oçlik va sovuqdan vafot etib ketişgan, yana qançadan-qança mahbuslar, qöl-oyoqlariyu quloqlarini sovuqqa oldirişgan. Buyuk şoir Usmon Nosir ham Magadan qamoqxonalarida sovuqdan jinni bölib qolayozadi, söngra Kemerovo viloyatidagi qamoqxonaga yuborilib, 1944-yil vafot etadi. Germaniyada öqigan ilk özbek yoşlaridan Maryam Sultonmurodova NKVDning Kolimadagi «Dalstroy» lagerida 1939-yildan 1947-yil 13-sentabrga qadar işlaydi…
"Kolima - rodina naşego straxa"ni körişni tavsiya etaman. 9-may arafasida mustabid Stalinni kökka kötaruvçilarga yaxşigina "sovğa" böladi bu. "Qörquv — ozodlikning eng katta duşmani" deb xulosalaydi bloger».
Post tugadi.
Qöşimçasiga Muhrimning kanalida eʼlon qilingan mana bu postni, Farhod Fayzullayevning kanalida eʼlon qilingan mana bu postni öqib qöysangiz ham zarar qilmaydi. Uşbu postlardagi fikrlarga töla qöşilaman, yaʼni bugungi kun aslida bayram emas, marhumlarni xotirlaş kuni.
Mayli, har ne bölganda uruşda halok bölgan yuz minglab ota-bobolarimizning ruhlari şod bölsin, deb duo qilamiz. Eng katta tilagimiz esa — yurtimiz, xalqimiz boşqa heç qaçon uruş körmasin, ilohim.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1


