Islomdagi ikki uluğ bayram tarixi va ahamiyati

Matn2-may, 2022, 13:311 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida, u (Madinalik)larning ikki kuni bölib, ular öşa kunlarida öyin-kulgi qilşar edi.

Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Bu ikki kun qandoq kun?», – deb söradilar. Ular:
«Biz johiliyatda şu kunlarda öyin-kulgi qilar edik», – deyişdi.

Şunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, Alloh sizlarga u ikkisi örniga ulardan köra yaxşiroq –  Azho va Fitr kunlarini berdi», – dedilar».

«Sunan» egalari rivoyat qilgan.

Azho – Qurbon hayiti, Fitr – Ramazon hayitini bildiradi.
Demak, bu ikki hayit kunlarini siz bilan biz mömin-musulmonlarga bevosita Alloh taoloning Özi bayram qilib bergan ekan. Ularni odamlar özlari öylab topgan yoki olimlar joriy qilgan emas, balki ilohiy iroda şuni ixtiyor qilgan ekan. Ana şu eʼtibordan, uşbu kunlarni bayram qilişning özi alohida ibodat hisoblanadi.

Şunday qilib, Islom arkon – asoslaridan hisoblangan ikki buyuk ibodat – röza va haj ibodatlarining yakuni musulmonlar uçun eng uluğ bayram etib tayinlandi.
Ana şundan buyon mömin-musulmonlar bu kunlarni bayram qilib keladilar. Ularni öziga xos gözal suratda, ibodat, xayru saxovatlar bilan, axloq-odob meyorlari asosida nişonlaydilar. Bu kunlar doimo ezgulik, xayru baraka, mehr-oqibat ramzi hisoblanib kelgan.

Manba

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1655
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek