Özbekiston matbuot erkinligi reytingida 156-öringa kötarildi
Özbekiston matbuot erkinligi reytingida yana yuqoriladi va ilk marta Qozoğistonni quvib ötdi
«Çegara bilmas muxbirlar» (Reporters Without Borders) taşkiloti jahon mamlakatlarida matbuot erkinligini baholab boradi. Mazkur taşkilot 180 ta mamlakatni öz içiga olgan 2020-yilgi reyting jadvalini eʼlon qildi. Joriy yil ham Özbekiston yana reytingda yuqorilagan va öz örnini 4 poğonaga yaxşilab, 156-örinni egallagan. Maʼlumot uçun, ötgan yili Özbekiston 5 poğonaga kötarilgandi.
Umuman olganda 2017-yil (169-örin) bilan soliştirganda Özbekiston 13 poğonaga kötarilib, qora röyxatdan çiqib, qizil röyxatga ötganini eʼtirof etiş joiz.
Eʼtiborli jihati, joriy yilda Özbekiston ilk marta reytingda Qozoğistonni (157) quvib ötdi. Qöşnilarimizda eng yaxşi natija Qirğizistonda (82), undan keyin Afğoniston (122) ham bizdan oldinda. Bizdan keyingi örinlarda Qozoğistondan (157) taşqari, Tojikiston (161) va Turkmaniston (178) örin olgan.
Taşkilot Özbekistonning joriy yilgi natijalariga «Yangilanişlar jadal davom etmoqda» deya baho bergan. Hisobotda aytilişiça, 2016-yilning avgust oyidan söng 4 yil davomida Özbekistonda yangilanişlar röy bermoqda.
«Deyarli 20 yil davomida qamoqda uşlab turilgan jurnalistlar ozodlikka çiqarildi. Tsenzuraga uçrab, uzoq yillar davomida blokda bölgan saytlar “qora röyxat”dan çiqarilib, ularga kiriş imkoniyati yaratildi. OAVlarni röyxatga oliş jarayoni osonlaştirildi. Töğridan-töğri siyosiy translyatsiyalar paydo böldi, ayrim jurnalistlar bugungi kunda korrupsiya va majburiy mehnat kabi nozik mavzularni ham bemalol yorita olişyapti. Şunday bölsada, eng yuqori darajadagi hukumat vakillarini tanqid qiliş hozirça şakllanmagan. Hukumat OAVlarni çeklovçi ayrim qonunlarni özgartirişga şoşilmayapti. Taşqi va içki senzura haligaça mavjud. Bundan taşqari Hukumat maʼlum maʼnoda OAVlar ustidan nazoratni uşlab turibdi. Blogerlarga tahdidlar davom etmoqda va ularni hibsga olişyapti. Siyosiy plyuralizmsiz matbuot erkinligini töliq tiklaş qiyin böladi. Özbekiston oldida hali uzoq yöl turibdi», - deya taʼkidlangan taşkilot hisobotida.
2020-yilgi matbuot erkinligi reytingida kuçli öntalikni Norvegiya, Finlyandiya, Daniya, Şvetsiya, Niderlandiya, Kosta-Rika, Şveysariya, Yamayka, Belgiya, Islandiya davlatlari egallagan.
Eng oxirgi örinlarni esa Ekvatorial Gvineya (171), Jibuti (172), Kuba (173), Sudan (174), Vyetnam (175), Xitoy (176), Suriya (177), Turkmaniston (178), Eritreya (179) va Şimoliy Koreya (180) egallagan.
P.S.: agar Özbekiston şu tempni uşlab qolsa va söz erkinligi sohasida islohotlarni yanada jadallaştirsa, tez orada reytingda MDH davlatlari orasidan Rossiya (149) va Belarusni (153) ham ortda qoldirişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈

