Saxovat va kömak umumxalq harakati yölga qöyildi
Şavkat Mirziyoyev xalqimizning mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda, «Saxovat va kömak» umumxalq harakatini yölga qöyiş taşabbusini ilgari surdi.
– Yaqin kunlarda barçamiz uçun muqaddas bölgan Ramazon oyi kirib keladi. Bu oyda ehtiyojmand va muhtoj oilalarga yordam körsatiş ham qarz, ham farzdir. Şuning uçun uşbu muqaddas oyda har bir tadbirkor özi faoliyat yuritayotgan hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini, avvalo mahalladoşlari, qöni-qöşnilarini faol qöllab-quvvatlaşi maqsadga muvofiq, – dedi davlatimiz rahbari.
Imkoniyatidan kelib çiqib, qaysidir tadbirkor bir oyda misol uçun, 10 ta, boşqa biri esa 20 ta oilaga kömaklaşişi, eng muhimi muhtoj oilalar aʼzolarini işga jalb qilişi mumkin. Davlat tomonidan öz navbatida bunday tadbirkorlarga soliq, lizing, kredit tölovlari, zarur resurslar bilan taʼminlaş böyiça turli imtiyoz va preferensiyalar beriladi. Yaʼni, bu aholiga davlat tomonidan tadbirkorlik subyektlari orqali körsatiladigan saxovat va kömak böladi.
👉 @xushnudbek 👈

