Uruş qatnaşçilari va yolğiz keksalarga pul tölanadi

Matn10-iyun, 2022, 12:241 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari, şuningdek yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga oziq-ovqat va kiyim-keçak uçun pul beriladi

Prezidentning 8-iyundagi qaroriga asosan:

1) 1941–1945-yillardagi uruş faxriylarini va faşistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad şahri qamal qilingan davrda işlagan fuqarolarga şuningdek, özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari örniga har oyda bazaviy hisoblaş miqdorining bir barobari, yaʼni 300 ming söm miqdorida qöşimça tölov tölanadi;

Mazkur toifadagi şaxslar soni 4 ming 400 nafarni taşkil etib, ularga berilayotgan oziq-ovqat va gigiyena tovarlarining bugungi kundagi örtaça qiymati 213 ming sömdan 282 ming sömgaçani taşkil etgan.

2) 1941–1945-yillardagi uruş faxriylarini va faşistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad şahri qamal qilingan davrda işlagan fuqarolarga yetkazib beriladigan zarur kiyim-keçak va poyabzallar örniga kiyim-keçak xaridi uçun har yili avgust oyida bir marotaba tölanadigan bazaviy hisoblaş miqdorining 15 baravari, yaʼni 4,5 mln söm miqdorida kompensatsiya tölanadi.

Mazkur toifadagi şaxslar soni 221 nafarni taşkil etib, tarqatiladigan kiyim-keçaklarning bugungi kundagi örtaça qiymati 2 mln sömni taşkil etadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 657
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek