Dollar kursining kötarilişi va uning iqtisodiy sabablari
Dollar kursi haqida
Dollarning rasmiy davlat kursi kötarilayotgani va 9000 sömlik dovonni bosib ötganligi köp muhokama qilinmoqda. Şu mavzuga oid özim öqigan yaxşi fikrlarni örtoqlaşmoqçiman.
@the_bakiroo kanali yozyapti:
«Keling, rosti-rustiga ötamiz.
Dollar kursi köpçilik aytayotganidek, 9000 sömlik dovonni birinçi marta bosib ötmadi. Bu jarayon 2017-yil ilk bahoridayam yuz bergan va hatto öşa davrda barça importçilar uçun normaga aylangan şartnoma-komissiya böyiça kelişuv kursi 10 500 sömga ham yetgan.
2 yil avval, 2017-yil sentabrida agar import salmoğida foydalanilgan barça kurslar vazniga köra inobatga olinsa, söm devalvatsiya etilmagan, balki mustahkamlangan edi.
Keyingi 3 yilda örtaça yillik inflyatsiya 15%ni taşkil etgan holda, nima, siz sömning mustahkamlanişini kutganmidingiz?
Keyingi 3 yilda almoyi-jalmoyi, arzon böpqoldi, olaveringlar, davlatimiz kambağallaşib qolmaydi, qabilidagi kreditlaş siyosati ortidan, siz sömni mustahkamlanişini kutganmidingiz?
Uç yil ketma-ket, 10 çorak uzluksiz salbiy savdo balansi bilan dollar kursi 8 ming söm bölib turişi kerakmidi?
Yanayam qaror qabul qilişda sifatli odamlarning örni va xudoga aytgani borakan, ötgan davrda taşqi ola-tasirlar yuz bermadi.
Yaqin ötgan kunlarimizga boşqatdan nazar taşlasak, bugungi voqeliklarning sabablarini köra olamiz. Köp aytganimizdek, har bir xatoning tölovi bor. Faqat ayrim xatolarning kvitansiyasi keçikibroq keladi».
@iqtiboslar kanali esa dollarning narxlarga taʼsiri haqida şunday deyapti:
«Semiçka sotuvçisi yoki nonvoy «dollar oşdi» deb öz mahsulotini narxini oşirsa, hayron bölamiz - sening narsangni dollarni narxiga nima aloqasi bor, deb ensamiz qotadi.
Aslida töğri. Bir dona non narxining içida un, yoğ va boşqa mahsulotlar qiymatidan taşqari, nonvoyning mehnati, boşqaça aytganda, uning foydasi ham bor. Un va yoğning narxi balkim, özgarmagandir, lekin nonvoy öz mehnatini dollar qiymatidagi summaga baholab olişi normal.
Çunki, dollarning oşişi boşqa juda köp narsalarning narxiga taʼsir körsatadi, yaʼni, endi nonvoy qilgan foydasini rözğorga sarflamoqçi bölsa, oldingidek tölov qobiliyatida bölmaydi - bir oylik daromadiga endi öntamas, sakkizta köylak keladi, televizor oliş uçun endi ikki oy emas, ikki yarim oy işlaşi kerak bölib qolyapti.
Demak, harajatlariga mos ravişda, nonvoy öz mehnati bahosini oşirişi, yaʼni, bir dona nonga qilinadigan harajati özgarmayotgan bölsa-da, dollarga qarab, mehnatini qimmatroq baholab, non narxini oşirişi tabiiy.
Şu orqali u özini maoşga işlovçilar kabi kambağallaşib qolmaslikdan qutqarişi kerak...
(Doim ham şunday bölmaydi, çunki bu sohalardagi raqobat istalgança narx oşirişga yöl bermaydi. Natijada, daromad özgarmasa-da, qadri tuşib boradi)»
Postlar tugadi.
👉 @xushnudbek 👈

