5-noyabrning muhim xabarlari va voqealar şarhi
@daryo_live oqşomi: Xodiyevning «Narxoz»dan ketişi, qaşqadaryolik 15 yoşli ona, Özbekistondagi islohotlarni bemaʼno qiladigan balo va 5-noyabrning boşqa muhim xabarlari
Xalq orasida «Narxoz» nomi bilan tanilgan Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU)ning köp yillik rektori Bahodir Xodiyev işdan olindi. Aytişlariça, Xodiyevning işdan olinişi ortidan «Narxoz»da katta tozalaş boşlanadi (qanaqa tozalaş? Nega birdan?). Şu vaqtgaça oliy va örta maxsus taʼlim vaziri örinbosari bölgan Qönğirotboy Şaripov — TDIUning yangi rektori.
Kunning eng dahşatli reportaji: Kosonda öquvçi qiz 15 yoşida ona böldi — maktab rahbariyati, tuman XTB va tuğuruqxona masʼullari hodisani bir yildan ortiq yaşirgan. Çaqaloq tuğilganidan söng uni, tuğuruqxona xodimi bilan kelişib, tuğuruqxonada qoldirib ketişgan — söngra uni köçadan topildi qilib, boşqa oilaga farzandlikka berişgan.
Narx-navo haqida. Özbekistonda buxanka non narxi sönggi 20 kun içida ikkinçi marta qimmatlaşdi — avvaliga 1350—1500 sömgaça, keyin 1600—1900 sömgaça. Naçora, buyoğiga şunaqa bölaveradi — erkin narxlar degani şu. Çorasi — inflyatsiyaga qarşi kuraş. Moliya vaziri birinçi örinbosari Timur Işmetovning aytişiça, agar Özbekistonda inflyatsiya darajasi pasaymasa, islohotlardan maʼno qolmaydi.
Ğalati qarorlar. Futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Vadim Abramov bir kun avval ham jamoaning Qirğizistonga qarşi öyini televideniye orqali körsatişiga qarşi edi, bugun esa fikri özgarib qoldi. Undan ham ğalatiroq qaror Uzbekistan Airways tomonidan Samarada qoldirilgan xasta vatandoşimiz tomonidan qabul qilingan — u Özbekistonga taksida yölga çiqibdi.
Mantiqli va mantiqsiz çeklovlar. Rejissor Zulfiqor Musoqov asabiy — «Berlin-Oqqörğon» filmidagi Germaniya bayroği aks etgan lavhani u bayroq Toşkentning Xalqlar döstligi maydonidagi Özbekiston bayroğidan katta bölgani uçun kesib taşlaşibdi (ÖzMTRKdan mantiq kutmang). Qozoğiston rasmiylari esa qöşni mamlakatlar, xususan, Özbekiston iqtisodiyotini qöllab-quvvatlamaslik uçun mantiqan töğri qaror qabul qildi — mamlakatdan benzin olib çiqişni taqiqladi.
Jahonda yana nima gap? Hindistonlik erkak bir ötirişda 50 ta tuxum yeyişdan bahs boylab halok böldi. Turkiya Al-Bağdodiyning opasi va uning oila aʼzolarini hibsga oldi. Putin 11 nafar generalni işdan böşatdi. Şveysariyada Kriştianu Ronalduning sartaroşi öldirib ketildi. Istanbulda yana bir özbekistonlik vafot etdi.
Agar yuqoridagi xabarlar şodasiga «töymasangiz», u holda Özbekistonda 2000 dollarga qanday qilib töy qiliş mumkinligi haqidagi videolavhani tomoşa qiling yoki IIV qaysi harf iştirokida avtoraqam çiqarmasligini bilib oling.
👉 @xushnudbek 👈

