Oliy taʼlim tizimidagi yangi özgarişlar

Matn6-iyun, 2018, 05:502 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Oliy taʼlim tizimida quyidagi özgarişlar böladi:

2️⃣-qism

👉 professor-öqituvçilarni ularning vazifalari va faoliyat yönalişlari bilan boğliq bölmagan yiğilişlarga va boşqa tadbirlarga jalb etiş taqiqlandi;

👉 davlat organlari va taşkilotlari rahbarlari, barça darajadagi hokimlar yuqoridagi talabni buzganligi uçun egallab turgan lavozimidan ozod etişgaça bölgan şaxsiy javobgarligi töğrisida qatʼiy ogohlantirildi;

👉 2019/2020 öquv yilidan boşlab “talabaning özlaştiriş darajasi – professor-öqituvçilar faoliyatini baholaşning asosiy mezoni” tamoyili joriy qilinadi, bunda talablarga javob bermaydigan professor-öqituvçilar bilan mehnat şartnomasini bekor qilişgaça bölgan çoralar köriş belgilanadi;

👉 professor-öqituvçilarning vaqtini öquv jarayoniga xos bölmagan işlarga sarflaşning oldini oliş hamda ularni talabalar bilan köproq işlaşga yönaltiriş maqsadida öquv yuklamalarini hisobga olgan holda professor-öqituvçilar “vaqt meyorlari”ning yangi mexanizmlari işlab çiqiladi;

👉 barça OTMlarda talabalar, ota-onalar, Yoşlar ittifoqining faollari, kadrlar buyurtmaçilari, professor-öqituvçilar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat tarkibda jamoatçilik kengaşlari taşkil etiladi;

👉 OTM maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça prorektori lavozimi örniga yoşlar bilan işlaş böyiça prorektori lavozimi joriy etiladi;

👉 vazirlar tasarrufidagi OTMlar faoliyati yuzasidan har yili Vazirlar Mahkamasida hisobot beradi hamda rektorlarning egallab turgan lavozimiga loyiqligi yoki noloyiqligi masalasi körib çiqiladi;

👉 rektorlarning faoliyati samaradorligiga baho berişda öquv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, öqituvçi va mutaxassislarning keng jalb qilinganligi, şuningdek, Özbekistonda yetakçi xorijiy OTMlarning filiallarini oçişdagi taşabbuskorligi inobatga olinadi;

👉 yangi ğoya va taşabbuslarni şakllantiriş maqsadida har bir oliy taʼlim muassasasida “Yoş ekspertlar guruhi” taşkil etiladi;

👉 Yoş olim va talabalarga hamda taşabbuskor fuqarolarga “Innovatsion ğoyalar yetakçisi” kökrak nişoni taʼsis etiladi;

👉 Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligida qöşimça 2 ta ştat birligida Axborot xizmati taşkil etiladi, OTMlarda esa qöşimça 1 tadan ştat birligida matbuot kotibi lavozimi joriy etiladi;

👉 OTM talabalarining malaka amaliyotini ötaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi;

👉 respublika yetakçi ilmiy jurnallarining bosqiçma-bosqiç yuqori impakt-faktorga ega bölişini taʼminlanadi.

❗️Xuddi şu körinişdagi matndan foydalanganda albatta manbani körsating yoki forvard qiling, köçirib bosiş taqiqlanadi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

  • 😁 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek