Oliy taʼlim tizimida kutilayotgan muhim özgarişlar

Matn6-iyun, 2018, 05:502 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Oliy taʼlim tizimida quyidagi özgarişlar böladi:

1️⃣-qism

👉 Ayrim yönalişlarda bakalavr - 3 yil, magistratura - 1 yil böladi;

👉 abituriyentlar hujjatlarini elektron şaklda qabul qiliş tizimi bosqiçma-bosqiç yaratiladi;

👉 kiriş imtihonlaridagi test savollari tayyorlaş uslublarini ilğor xorijiy tajriba asosida qayta körib çiqiladi;

👉 ilğor xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo) sertifikatlariga ega bölgan abituriyentlarga tegişli fanlardan belgilangan eng yuqori ball beriş va uşbu fanlar test sinovidan ozod qiliş tartibi joriy qilinadi;

👉 Özbekiston va xorijiy OTMlarning özaro kelişuvi hamda qöşma taʼlim dasturlari asosida talabalarni öqitişni taşkil etiş va ikki tomonlama tan olinadigan diplom beriş amaliyoti joriy etiladi;

👉 xorijiy fuqarolar bakalavriatga kvotadan taşqari suhbat asosida test sinovlarisiz öqişga qabul qilinadi;

👉 Özbekistonda öqiş istagini bildirgan xorijiy fuqarolardan vizalarni rasmiylaştiriş uçun konsullik va boşqa tölovlar undirilmaydi;

👉 talabalar bilimini nazorat qiliş va baholaşning yangi tizimi joriy qilinadi;

👉 talabalar bilimini baholaşning zamonaviy, şaffof va adolatli (avtomatlaştirilgan, portfolio, test sinovlari, ijodiy iş, antiplagiat va h.k.) usullari joriy qilinadi;

👉 muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi iştirokini istisno etadigan tizim joriy etiladi;

👉 semestr yakuni böyiça akademik qarzdor talabaning qayta topşirişi mumkin bölgan fanlar soni belgilanadi va ularni topşiriş muddati özgartiriladi;

👉 har bir OTMda 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uçun alohida guruhlar taşkil etiladi, 2-kursdan ularni öqitiş alohida öquv reja va dasturlar asosida amalga oşiriladi, ular magistraturaga maqsadli qabul qilinadi va bu orqali OTM kafedralari uçun malakali kadrlar tayyorlaş tizimi joriy etiladi;

👉 bitiruvçilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan ötkaziş tartibi yanada takomillaştiriladi.

❗️Xuddi şu körinişdagi matndan foydalanganda albatta manbani körsating yoki forvard qiling, köçirib bosiş taqiqlanadi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek