Magistraturada turdoş bölmagan yönalişlarga topşiriş tartibi
Magistraturada turdoş bölmagan yönalişlarga ham hujjat topşiriş mumkin
2019-yil 17-iyundagi Prezident qarori bilan ötgan yildan boşlab magistraturaga faqat turdoş yönalişlarni bitirgan bakalavrlar hujjat topşira olişiga oid taqiq bekor qilingan edi.
Davlat qabul komissiyasi ötgan yil uçun turdoş oliy taʼlim yönalişlarining röyxatini tasdiqlagandi.
❗️Ammo joriy yil uçun haligaça turdoş oliy taʼlim yönalişlari röyxati tasdiqlanmadi. Vaholanki, magistratura uçun hujjat qabul qiliş boşlanib böldi.
Keling, ötgan yilgi röyxatdan kelib çiqib, magistraturada turdoş bölmagan yönalişlarga hujjat topşiriş tartibini tuşuntirib ötaman. Çunki amaliyotda falonçi yönalişdan pistonçiga topşira olamanmi, degan savollar juda köp beriladi.
Aslida barçasi juda oddiy va sodda.
Ötgan yilgi röyxatda 6 ta guruh berilgan. Biz ularni umumiy qilib qöyidagiça guruhlarga ajratimiz:
1) sport;
2) musiqa;
3) tasviriy sanʼat;
4) sanʼatşunoslik;
5) texnogen sanʼat;
6) soğliqni saqlaş.
Mana şu yuqoridagi 6ta guruhda turdoş taʼlim yönalişlari uçun hujjat topşirişda qatʼiy çeklov bor, bundan çiqiş mumkin emas.
Bundan taşqari yana 6 ta alohida nomdagi yönalişlar sanalgan, bular:
1) “Çaqiriqqaça harbiy taʼlim”;
2) “Xoreografiya (turlari böyiça)”;
3) “Dirijyorlik (turlari böyiça)”;
4) “Rejissyorlik (turlari böyiça)”;
5) “Aktyorlik sanʼati (turlari böyiça)”;
6) “Veterinariya”.
Uşbu 6 ta yönalişga ham çeklov bor, ular faqat özlariga mos yönaliş böyiça magistraturaga hujjat topşira oladi xolos. Yaʼni “Dirijyorlik” faqat “Dirijyorlik”ka, “Veterinariya” faqat “Veterinariya”ga va h.k.
Şu joyigaça tuşunarlimi? Demak, xulosa qilamiz: quyida ilova qilingan röyxatda faqat çeklov qöyiladigan yönalişlar nomi sanalgan.
Ana endi asosiy qismiga yetib keldik. Bu röyxatda yöq yönalişlar bilan nima böladi?
☝️JAVOB: yuqorida nomi tilga olinmagan taʼlim yönalişlari istalgan magistratura mutaxassisliklari böyiça tanlovda qatnaşiş huquqiga ega. Yaʼni heç qanaqa çeklov yöq.
Matematikani tugatgan yurisprudensiyaga topşira oladi.
Fizikani tugatgan jurnalistikaga topşira oladi.
Filologiyani tugatgan neft-gazga topşira oladi.
Irrigatsiyani tugatgan xalqaro munosabatlar va jahon siyosatiga topşira oladi.
(bular şunçaki misollar, özingiz xohlagan yönaliş nomi çiqmasa, bizga mumkinmasmi, deb öylanib ötirmang)
Xullas, tuşuntira oldim deb öylayman.
✅ Yana bir joyi. Hov, tepadagi çeklovlar röyxati bor ediku. Öşa röyxat faqat "kiriş" uçun çeklov. Yaʼni şu magistratura mutaxassisliklariga hujjat topşirayotganlar bakalavrda ayni öşa yönalişlarni tugatgan bölişi şart. "Çiqiş" uçun esa heç qanday çeklov yöq. Masalan, tibbiyotni tugatgan yurisprudensiyaga topşira oladi, lekin yurisprudensiyani tugatgan tibbiyotga topşirolmaydi. Yoki sanʼatni tugatgan iqtisodga topşira oladi, iqtisodni tugatgan sanʼatga topşira olmaydi. Va h.k.
🎓 Şuningdek, ötgan yili ayrim qabul komissiyalari boşqa turdoş yönalişni tugatgan abituriyentlarga ularni faqat kontrakt böyiça qabul qilişlarini, davlat grantiga daʼvogarlik qila olmasliklarini taʼkidlaşgandi. Ammo bu kabi gaplar mutlaqo notöğri. Turdoş bölmagan yönalişni tugatganlar ham magistraturada byudjetda öqişi mumkin. Masalan, iqtisodni tugatganlar jurnalistikaga topşirsa, faqat kontraktda öqiydi, degan gaplar asossiz.
P.S.: yuqorida nomlari tilga olingan 12 ta yönaliş ötgan yilgi röyxat böyiça eslandi. Joriy yilgi röyxat hozirça tasdiqlanmagan.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
