Magistraturaga turdoş bölmagan yönalişlar böyiça qabul

Matn22-iyul, 2020, 20:342 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Magistraturada turdoş bölmagan yönalişlarga ham hujjat topşiriş mumkin

#abituriyent

2019-yil 17-iyundagi Prezident qarori bilan ötgan yildan boşlab magistraturaga faqat turdoş yönalişlarni bitirgan bakalavrlar hujjat topşira olişiga oid taqiq bekor qilingan edi.

Davlat qabul komissiyasi joriy yil uçun turdoş oliy taʼlim yönalişlarining röyxatini tasdiqlagan.

Röyxat bu yerda: t.me/xushnudbek/6232

Magistraturada turdoş bölmagan yönalişlarga hujjat topşiriş tartibini yana bir bor tuşuntirib ötmoqçiman. Çunki amaliyotda "falonçi yönalişdan pistonçiga topşira olamanmi?", degan savollar juda köp beriladi.

Aslida barçasi juda oddiy va sodda.

Röyxatda 6 ta guruh berilgan. Biz ularni umumiy qilib qöyidagiça guruhlarga ajratimiz:
1) sport;
2) musiqa;
3) tasviriy sanʼat;
4) sanʼatşunoslik;
5) texnogen sanʼat;
6) soğliqni saqlaş.

Mana şu yuqoridagi 6ta guruhda turdoş taʼlim yönalişlari uçun hujjat topşirişda qatʼiy çeklov bor, bundan çiqiş mumkin emas.

Bundan taşqari yana 6 ta alohida nomdagi yönalişlar sanalgan, bular:

1) “Çaqiriqqaça harbiy taʼlim”;
2) “Xoreografiya (turlari böyiça)”;
3) “Dirijyorlik (turlari böyiça)”;
4) “Rejissyorlik (turlari böyiça)”;
5) “Aktyorlik sanʼati (turlari böyiça)”;
6) “Veterinariya”.

Uşbu 6 ta yönalişga ham çeklov bor, ular faqat özlariga mos yönaliş böyiça magistraturaga hujjat topşira oladi xolos. Yaʼni “Dirijyorlik” faqat “Dirijyorlik”ka, “Veterinariya” faqat “Veterinariya”ga va h.k.

Şu joyigaça tuşunarlimi? Demak, xulosa qilamiz: yuqorida ilova qilingan röyxatda faqat çeklov qöyiladigan yönalişlar nomi sanalgan.

Ana endi asosiy qismiga yetib keldik. Bu röyxatda yöq yönalişlar bilan nima böladi?

☝️JAVOB: yuqorida nomi tilga olinmagan taʼlim yönalişlari istalgan magistratura mutaxassisliklari böyiça tanlovda qatnaşiş huquqiga ega. Yaʼni heç qanaqa çeklov yöq.

Matematikani tugatgan yurisprudensiyaga topşira oladi.
Fizikani tugatgan jurnalistikaga topşira oladi.
Filologiyani tugatgan neft-gazga topşira oladi.
Irrigatsiyani tugatgan xalqaro munosabatlar va jahon siyosatiga topşira oladi.

(bular şunçaki misollar, özingiz xohlagan yönaliş nomi çiqmasa, bizga mumkinmasmi, deb öylanib ötirmang)

Xullas, tuşuntira oldim deb öylayman.

✅ Yana bir joyi. Hov, tepadagi çeklovlar röyxati bor ediku. Öşa röyxat faqat "kiriş" uçun çeklov. Yaʼni şu magistratura mutaxassisliklariga hujjat topşirayotganlar bakalavrda ayni öşa yönalişlarni tugatgan bölişi şart. "Çiqiş" uçun esa heç qanday çeklov yöq. Masalan, tibbiyotni tugatgan yurisprudensiyaga topşira oladi, lekin yurisprudensiyani tugatgan tibbiyotga topşirolmaydi. Yoki sanʼatni tugatgan iqtisodga topşira oladi, iqtisodni tugatgan sanʼatga topşira olmaydi. Va h.k.

🎓 Şuningdek, ötgan yili ayrim qabul komissiyalari boşqa turdoş yönalişni tugatgan abituriyentlarga ularni faqat kontrakt böyiça qabul qilişlarini, davlat grantiga daʼvogarlik qila olmasliklarini taʼkidlaşgandi. Ammo bu kabi gaplar mutlaqo notöğri. Turdoş bölmagan yönalişni tugatganlar ham magistraturada byudjetda öqişi mumkin. Masalan, iqtisodni tugatganlar jurnalistikaga topşirsa, faqat kontraktda öqiydi, degan gaplar asossiz.

❗️Eslatib ötaman, magistraturaga qabul magistr.edu.uz sayti orqali onlayn bölib ötmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek