Magistratura va ikkinçi mutaxassislikka qabul böyiça javoblar
Ayrim savollarga javoblar:
#abituriyent
1️⃣ Magistraturaga kirişda mutaxassislik fani bilan xorijiy tildan imtihonlar bir kunda böladimi yoki alohida ötkaziladimi?
JAVOB: Hozirgi kundagi pandemiya holatlari, koronavirus infeksiyasi keng tarqalişining oldini oliş, aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligini taʼminlaş hamda abituriyentlarga qulayliklar yaratiş maqsadida 2020/2021 öquv yili uçun magistraturaga kiriş imtihonlari bir kunda topşiriladi.
2️⃣ Magistraturaga kiriş imtihonini topşiriş uçun ruxsatnomani qaysi saytdan yuklab oliş mumkin?
JAVOB: 2020/2021 öquv yili uçun respublika oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga kiriş imtihonlarida iştirok etiş uçun RUXSATNOMA JORIY ETILMAYDI.
Talabalar özlarining şaxsiy kabinetlariga elektron tizim orqali kirib, kiriş imtihonlari ötkaziladigan joy va muddat töğrisida axborot olişlari mumkin böladi.
❗️ Talabalardan kiriş imtihonlariga pasporti bilan kelişlari talab etiladi.
3️⃣ Ikkinçi mutaxassislikka nima uçun hujjat topşirib bölmayapti?
Ikkinçi mutaxassislik uçun ikkinchitalim.edu.uz sayti orqali ariza töldiriş vaqtida JSHSHIR kiritişda uzilişlar uçrab turmoqda.
Tizimdagi uşbu uzilişlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Personallaştiriş Markazi serveri bilan boğliqligi aytilmoqda. Şu sababli yangi foydalanuvçi röyxatdan ötmoqçi bölsa, xatolik beryapti. Bu xatolik qaçon töliq bartaraf etilişi hali aniq emas, lekin bu böyiça mutaxassislar tomonidan işlar olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈



