OTMga hujjat topşiriş böyiça muhim savollarga javoblar
❓…böladimi?
Muştariylar tomonidan berilayotgan savollarning juda köpçiligi “böladimi?” deb tugaydi. Unaqa qilsam böladimi, bunaqa qilsam böladimi va h.k.
Ötgan yili ham bakalavrga, ham magistraturaga topşirsam böladimi, degan savollarga amaliy javob beriş uçun özim hujjat topşirib, bölişi mumkinligini isbotlab körsatgandim. Yaʼni baʼzan “böladimi?” deb öylanib ötirmasdan, öşa işni qiliş kerak, şunda böliş yoki bölmasligi maʼlum böladi.
Hozir esa eng köp berilayotgan savollarga javob berişga harakat qilaman.
❓Hozir talaba bölib öqiyotganlar abituriyent sifatida yana hujjat topşirsa böladimi?
✅ Ha, böladi. Batafsil mana bu yerda.
❓Xorijda öqiyotgan talabalar ham öqişni köçiriş uçun hujjat topşirib, ham bakalavrga abituriyent sifatida röyxatdan ötsa böladimi?
✅ Ha, böladi. Faqat ikkala imtihondan ham muvaffaqiyatli ötsa, bittasini tanlaş kerak böladi.
❓Bakalavrni tugatgan bitiruvçi talaba ham magistraturaga, ham ikkinçi mutaxassislikka, ham bakalavrga öqişni topşirsa böladimi?
✅ Ha, böladi. Faqat imtihonlardan muvaffaqiyatli ötsa, bittasini tanlaş kerak böladi.
❓Magistraturani tugatganlar yana bir bor boşqa mutaxassislikka magistraturaga topşirsa böladimi?
✅ Ha, böladi.
❓Ham texnikumga, ham bakalavrga hujjat topşirsa böladimi?
✅ Ha, böladi. Batafsil mana bu yerda.
❓Ham davlat OTMlariga, ham yurtimizdagi boşqa xorijiy va xususiy universitetlarga hujjat topşirsa böladimi?
✅ Ha, böladi. Davlat OTMlariga 5 tagaça topşirsa böladi, xorijiy va nodavlat-xususiy OTMlarga esa istalgança, xohlang öntasiga, xohlang yuztasiga hujjat topşiriş mumkin. Faqat oxirida bittasini tanlaş kerak.
❓Özbek tilida tahsil olgan abituriyent rus tili guruhiga hujjat topşirsa böladimi?
✅ Ha, böladi. Batafsil mana bu yerda.
❓Bakalavrni davlat granti asosida öqib tugatgan bitiruvçi-talaba ikkinçi mutaxassislikka topşirsa böladimi?
❌ Yöq, topşira olmaydi. Batafsil mana bu yerda.
❓Davlat OTMlarida beşta yönaliş tanlaşda ham kunduzgi, ham sirtqini tanlasa böladimi?
❌ Yöq, bölmaydi. Beşta yönalişning barçasida taʼlim şakli bir xil bölişi kerak.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

