Özbekistonlik şaxmatçilar Jahon kubogi 1/16 finaliga çiqdi

Albom20-iyul, 2021, 21:062 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Xuşxabar!

Rossiyaning Soçi şahrida şaxmat böyiça Jahon kubogi ötkazilyapti. Unda dunyoning deyarli barça eng kuçli şaxmatçilari, jumladan jahonning amaldagi çempioni Magnus Karlsen ham qatnaşyapti.

Köz tegmasin, unda özbekistonlik şaxmatçilar ham yaxşi iştirok etmoqda.

15 yoşli Javohir Sindorov keça perulik Xorxe Kori ustidan ğalaba qozonib 1/16 finalga çiqqan edi. Javohir avvalgi bosqiçda turnirning 7-raqamli şaxmatçisi, maşhur fransuz Alirizo Firuzjani sensatsion ravişda turnirdan çiqarib yuborgan edi.

Bugun esa 16 yoşli Nodirbek Abdusattorov dunyo reytingida 8-örinda turgan niderlandiyalik Aniş Girini qöşimça bahslarda mutloq tor-mor qildi. Eʼtiborlisi Nodirbek kuçli raqib bilan 4 ta bahsda ham mağlub bölmadi: 2 ta ğalaba, 2 ta durang. Ayniqsa 4-bahsda Nodirbek 99%lik mağlubiyat holatidan çiqib ketib, oxirida ğalaba qozona oldi (durangga ham könmadi).

Şunday qilib, 2 nafar özbekistonlik yoş xalqaro grossmeysterlar Jahon kubogining 1/16 finalida iştirok etadi.

Ularga omad tilaymiz!

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek