Blits-şaxmat böyiça jahon çempionati yakunlandi

Foto31-dekabr, 2021, 13:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Blits-şaxmat böyiça jahon çempionati yakunlandi. Javohir 8-örinni egalladi.

Keça şaxmatning blits yönalişida jahon çempionati öz nihoyasiga yetdi. Peşqadamlik uçun kuraş olib borgan hamyurtimiz Javohir Sindorov 13,5 oçko bilan 8-örinni egalladi. Garçi u sovrindorlar qatoriga kira olmagan bölsa-da, lekin 16 yoşli öspirin uçun bu ham katta natija. Turnir jadvalida Magnus Karlsendek gigantlardan yuqoriroqda turiş har kimga ham nasib etmaydi.

Umid qilamizki, Javohir öz ustida tinimsiz işlasa, xuddi örtoği Nodirbek kabi tez orada jahon çempioni böla oladi. Balki Kasparov-Karpov juftligidek mutloq şaxmat toji uçun ikki özbek kuraşadigan davrlarni köriş ham nasib qilar, Xudo xohlasa.

Blits-şaxmat jahon çempionatida ğoliblikni fransiyalik Maksim Vaşye-Lagrav qölga kiritdi. U tay-brekda polşalik Yan-Kşiştof Dudani mağlub etdi. 3-örinni Alirizo Firuzja egalladi. Karlsen 12-örindan joy oldi.

Nodirbek Abdusattorov va Şamsiddin Vohidov 12 oçko, Jahongir Vohidov 10,5 oçko jamğardi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 68
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek