Abituriyentlarni onlayn röyxatga oliş 22-iyulgaça davom etadi
❗️Abituriyentlar 22-iyulgaça (şu kuni ham) onlayn röyxatdan ötişlari mumkin
Köpçilik Hayit bayrami munosabati bilan 3 kunlik dam oliş berilgani abituriyentlarga taʼsir qilmaydimi deb savol bermoqda.
Yöq, bu taʼsir qilmaydi. Abituriyentlar avvalgi davrdagidek hujjatlarini kötarib, qabul komissiyasiga borişmaydi. Balki şunçaki my.dtm.uz sayti orqali hatto telefonidan ham bemalol röyxatdan ötişlari mumkin. Şu sababli dam oliş va bayram kunlari hujjat topşirişga heç qanday tösqinlik qilmaydi.
✅ Abituriyentlar 22-iyul, payşanba kuni soat 23:59-ga qadar röyxatdan ötişlari mumkin.
Lekin maslahatim - oxiriga qadar taqab obormang. Har xil kutilmagan texnik muammolar paydo bölib qolişi mumkin. Şu sababli bugun yoki ertaga röyxatdan ötib, onlayn tölovni amalga oşirib qöying.
📹 Onlayn röyxatdan ötiş haqida video:
https://t.me/xushnudbek/10227
Yana köpçilik tölov haqida ham savol bermoqda. Dam oliş kunlari banklar işlamaydi, avvalgi yilda bitirganlar tölovni qanday amalga oşiradi, deb. Buning yöli juda oson, bemalol PayMe, Click, UPay va yana bir neçta elektron tölov tizimlari orqali dam oliş kunlari, kunning istalgan paytida onlayn tölaş mumkin.
💳 Onlayn tölaş tartibi haqida tuşuntiriş:
https://t.me/xushnudbek/10205
Barçaga omad!
👉 @xushnudbek 👈



