Toşkent propiskasi uçun davlat boji oşirilişi mumkin

Matn2-aprel, 2019, 14:223 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Xalq uçun "mehribonlik"

Yana öşa propiska balosi haqida.

Keça "Davlat boji stavkalarining 4-bandiga özgartirişlar va qöşimça kiritiş töğrisida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi eʼlon qilindi. Loyiha muallifi Adliya vazirligi ekan.

Unga köra, mana bunday özgarişlar taklif qilinmoqda:

1) Çet elliklarga propiska oliş huquqini beradigan yangi uylarning minimal narxi oşirildi. Ilgari kamida 600 mln sömlik uy oliş kerak edi. Taklif qilinayotgan özgarişga köra, eng kam oylik iş haqining 3300 baravaridan kam bölmagan miqdor belgilanmoqda. Bu hozirgi kunda salkam 670 mln söm böladi. EKIH oşsa, bu ham oşadi.

Bunisiga mayli, çidaymiz. gap çet elliklar haqida ketmoqdaku har holda.

Lekin loyihadagi keyingi taklif bevosita ÖZBEKISTON FUQAROLARI uçun taalluqli. Aniqroği ÖZBEKISTON FUQAROLARIGA YANADA QIYINROQ, YANADA OĞIRROQ ŞARTLAR haqida gap ketyapti.

Loyihaga köra, Toşkent şahri va Toşkent viloyatida yangi qurilgan köçmas mol-mulk 2 yoki undan ortiq şaxs tomonidan umumiy mulk huquqi asosida sotib olingan taqdirda, ularning har biri belgilangan stavkada davlat boji tölaşi taklif qilinmoqda. Belgilangan stavka esa uy narxining 5 foizi.

Masalan, 5 kişi qöşilib, 500 mln sömlik uy sotib olsa, bunday holatda ularning HAR BIRI 25 mln sömdan davlat boji tölaydi, yaʼni bunday vaziyatda Toşkent propiskasining narxi 125 mln sömga töğri kelyapti. Agar xuddi şunaqa uyni «Toşkent Respublikasi fuqarolari» sotib olsa, atigi 202 ming 730 söm davlat boji tölaydi. Boşqaça aytganda davlat oldida Özbekistonning 5 nafar fuqarosi boşqa 5 nafar fuqarosidan 600 baravarga qadrsizroq.

Xullas, bu loyiha men biroz avval eʼlon qilgan "Propiska böyiça layfxak" degan maqolamdan kelib çiqib qilingani aniq.

Tepadagilar mundooooq qaraşsa, xalqqa yengil bölib ketyapti. «Nimaga 3-4 kişi pul qöşib, uy sotib olib, osongina propiska olişi kerak?» degan savolni berişgan. Va bunga javob sifatida uşbu loyihani işlab çiqişgan, menimça.

Lekin ularning birortasi «Nimaga Özbekiston FUQAROSI öz yurtida propiskani "sotib olişi" kerak?» degan savolni öylab kördimikin, qiziq?

Ular «Nimaga Rossiya, Ukraina va boşqa davlatlarning Konstitutsiyaviy sudlari allaqaçon Konstitutsiyaga zid deya qaror çiqarib, bekor qilgan antikonstitutsiyaviy qoida bizda haliyam amalda?» degan savolni öziga berib körsa bölmasmikin?

Ular «Nimaga PF-5308-sonli Prezident farmoni bilan 2018-yilgi davlat dasturida propiskasi yöq fuqarolar ham ikkilamçi bozordan uy sotib olişiga ruxsat berilişi belgilangan bölsada, lekin biz bu Farmonni haligaça bajarmadik, nima uçun Prezident Farmoni faqat qoğozlarda qolib ketaverdi?» degan savolni örtaga taşlaşsa bölmasmikin?

Ularning birortasi «Nima uçun bir xil pasportga ega, bir xil soliq tölaydigan Özbekiston fuqarolari faqat propiskasi tufayli bir-biridan bir neça yuz baravarga qadrsizroq?» degan savolni xayoliga keltirarmikin?

Yöq, bunaqa savollar berilmaydi. Undan köra «Xalq osongina propiska olmasligi uçun nima qilsak böladi? Qonun hujjatlaridagi "fortoçkalar"ni yopiş uçun nima qiliş kerak?» degan savollar ular uçun muhimroq.

Bundan boşqa yana nima ham derdim. Agar şu loyiha haqiqatda tasdiqlansa, unda şu paytgaça "islohotlar faqat xalq manfaati uçun" degan şiorlarning barçasi bir tiyin böladi, çippakka çiqadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek