Diplomlarni tan oliş va nostrifikatsiya örtasidagi farq
TUZATIŞ: Keçagi qaror nostrifikatsiyaga emas, tan olişga taalluqli
Keça kanalimda «XUŞXABAR! Xorijdagi diplomlarni nostrifikatsiya qiliş endi yana ham osonlaşdi» degan post eʼlon qilingan edi.
Öşa postning 2 ta joyida «nostrifikatsiya» sözi notöğri ketib qolibdi. Çunki unda bayon qilingan özgariş, faqat tan olişga taalluqli, nostrifikatsiyaga emas. Ha, bularning bir-biridan farqi bor.
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik töğrisidagi hujjatlarni tan oliş deganda vakolatli davlat organlarining Özbekiston butun hududida uşbu hujjatlarning qonuniy kuçga ega ekanligiga roziligi tuşuniladi.
Nostrifikatsiyalaş (ekvivalentligini qayd etiş) deganda esa vakolatli davlat organlari tomonidan uşbu hujjatlar egalari tayyorgarligi darajasi muvofiqligini belgilaş va ularga Özbekiston Respublikasining taʼlim töğrisidagi hujjatlariga ega bölgan şaxslarga berilgani kabi akademik va (yoki) kasbiy huquqlar berilişi tuşuniladi.
Nizomning 18-bandiga binoan, maʼlumot Özbekiston qonunçiligida közda tutilmagan taʼlim şaklida olingan bölsa, nostrifikatsiya, yaʼni hujjatlarning ekvivalentligi töğrisidagi salbiy xulosa qabul qilinadi (rad qilinadi).
Uşbu band haliyam öz kuçida turibdi.
Tuşunmovçilik uçun uzr sörayman. Postimdagi «kezi kelganda aytiş kerak, bu juda katta özgariş» degan fikrimni ham qaytib oldim, köp narsa özgarmabdi.

