Magistraturaga qabul qiliş tartibi özgarişi kutilmoqda

Matn1-aprel, 2019, 17:011 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Aytişlariça, magistratura qabuliga oid özgarişlar kutilmoqda ekan.

Unga köra, kelgusida magistraturaga faqat turdoş yönalişlar böyiça hujjat topşirişga oid çeklovni bekor qiliş rejalaştirilmoqda.

Bu nima degani?

Bugungi kunda köpçilikka maʼlumki, magistraturaga faqat bakalavrda ham şu turdoş yönalişda öqiganlar qabul qilinadi. Masalan, tarixni tugatganlar jurnalistika yoki diplomatiyani tugatganlar axborot texnologiyalari böyiça magistraturaga topşira olmaydi.

Kelgusida xuddi şu çeklov bekor qilinişi kutilmoqda. Albatta bu çeklov töliq bekor bölmaydi, yaʼni istalgan yönalişning magistraturasiga bakalavrda öqigan yönalişidan qatʼi nazar hujjat topşiriş huquqi berilmaydi. Yaʼni şunday öziga xos yönalişlar borki, ular böyiça qatʼiy çeklov saqlab qolinadi, masalan, tibbiyot yönalişiga duç kelgan sohani tugatgan talabalar topşira olmaydi va bu mantiqan töğri.

Xorij tajribasini kuzatadigan bölsak, ularda ham magistratura odatda 2 xil kategoriyaga bölinadi. Masalan, Germaniyada magistraturaning Konsekutive Masterstudiengänge (bakalavrdagi turdoş yönaliş asosidagi dastur) hamda Weiterbildende Masterstudiengänge (bakalavr böyiça turdoş yönaliş talab etilmaydigan dastur) körinişi mavjud.

Xullas, yuqoridagi özgarişlar böyiça qaror loyihasi tayyorlangan, lekin hozirça rasman tasdiqlanmagan.

Intiqlik bilan tasdiqlanişini kutamiz. Yaxşi yangiliklar bardavom bölsin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek