Magistraturaga hujjat topşirişdagi çeklovlar bekor qilindi
Magistraturaning turdoş yönalişlari böyiça şarh
Aprel oyida joriy yildan boşlab magistraturaga faqat turdoş yönalişlarni bitirgan bakalavrlar hujjat topşira olişiga oid taqiq bekor qilinişi rejalaştirilayotgani haqida yozgan edim.
2019-yil 17-iyundagi Prezident qarori bilan uşbu özgariş rasman tasdiqlandi. Faqat alohida çeklov örnatiladigan ayrim yönalişlar röyxati tasdiqlanişi kutilayotgan edi.
Nihoyat uzoq kutilgan öşa tarixiy röyxat eʼlon qilindi.
Endi öz-özidan savollar köpayişi tabiiy. Bu röyxat nimani anglatadi? Bu röyxatda yöq yönalişlar bilan endi nima böladi? Falonçi yönalişdan pistonçiga topşira olamanmi? Pistonçidan falonçigaçi?
Şu masalaga oydinlik kiritamiz. Aslida barçasi juda oddiy va sodda.
Yuqoridagi röyxatda 6 ta guruh berilgan. Biz ularni umumiy qilib qöyidagiça guruhlarga ajratimiz:
1) sport;
2) musiqa;
3) tasviriy sanʼat;
4) sanʼatşunoslik;
5) texnogen sanʼat;
6) soğliqni saqlaş.
Mana şu yuqoridagi 6 ta guruhda turdoş taʼlim yönalişlari uçun qatʼiy çeklov bor, bundan çiqiş mumkin emas.
Bundan taşqari yana 6 ta alohida nomdagi yönalişlar sanalgan, bular:
1) “Çaqiriqqaça harbiy taʼlim”;
2) “Xoreografiya (turlari böyiça)”;
3) “Dirijyorlik (turlari böyiça)”;
4) “Rejissyorlik (turlari böyiça)”;
5) “Aktyorlik sanʼati (turlari böyiça)”;
6) “Veterinariya”.
Uşbu 6 ta yönalişga ham çeklov bor, ular faqat özlariga mos yönaliş böyiça magistraturaga hujjat topşira oladi xolos. Yaʼni “Dirijyorlik” faqat “Dirijyorlik”ka, “Veterinariya” faqat “Veterinariya”ga va h.k.
Şu joyigaça tuşunarlimi? Demak, xulosa qilamiz: yuqorida faqat çeklov qöyiladigan yönalişlar nomi sanalgan.
Ana endi asosiy qismiga yetib keldik. Bu röyxatda yöq yönalişlar bilan nima böladi?
JAVOB: yuqorida nomi tilga olinmagan taʼlim yönalişlari istalgan magistratura mutaxassisliklari böyiça tanlovda qatnaşiş huquqiga ega. Yaʼni heç qanaqa çeklov yöq.
Matematikani tugatgan yurisprudensiyaga topşira oladi.
Fizikani tugatgan jurnalistikaga topşira oladi.
Filologiyani tugatgan neft-gazga topşira oladi.
Irrigatsiyani tugatgan xalqaro munosabatlar va jahon siyosatiga topşira oladi.
Xullas, tuşuntira oldim deb öylayman.
Yana bir joyi. Hov, tepadagi çeklovlar röyxati bor ediku. Öşa röyxat faqat "kiriş" uçun çeklov. "Çiqiş" uçun esa çeklov yöq. Masalan, tibbiyotni tugatgan yurisprudensiyaga topşira oladi, lekin yurisprudensiyani tugatgan tibbiyotga topşirolmaydi. Yoki sanʼatni tugatgan iqtisodga topşira oladi, iqtisodni tugatgan sanʼatga topşira olmaydi. Va h.k.
Faqat yana kiçkinagina çeklov bor. Agar qaysidir magistratura mutaxassisligi uçun maqsadli qabul ajratilgan bölsa, öşa maqsadli qabulga faqat turdoş yönalişni bitirganlar topşira oladi, boşqalar daʼvogarlik qila olmaydi. Ammo bu arzimagan çeklov.
Mana şunaqa gaplar, örtoqlar.
Mening öta şaxsiy fikrimça – 2019-yilgi barça qabul jarayonlarining eng katta ijobiy yangiligi aynan mana şu böldi. Bu ayni hozirgi şaroitda tasavvur qiliş qiyin bölgan darajadagi erkinlik va imtiyoz böldi, deb bemalol ayta olaman.
"Dakumentni" qölga oling-da, magistratura qabuli tomon şoşiling!
Yaxşi yangiliklar köpayaversin...
👉 @xushnudbek 👈

