QR-kodli elektron kutubxonalar haqida
QR-kodli elektron kutubxonalar haqida
Bugungi kunda kitobxonlik haqida köp va xöb gapirilayotgani sababli bir masalaga diqqatingizni tortmoqçiman.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi «Kitob mahsulotlarini naşr etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğib qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi töğrisida»gi PQ-3271-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturning 19-bandida quyidagiça vazifa belgilangan edi:
«Jamoat joylarida QR-kodlar yordamida Özbekiston Milliy kutubxonasi elektron kitoblari töğrisidagi maʼlumotlarni maxsus tablolarda joylaştiriş va ularni mobil qurilmalarga yuklab oliş va öqiş imkoniyatini yaratiş».
Muddat: 2018-yil noyabr
Asosiy ijroçi: Matbuot va axborot agentligi
Kutilayotgan natija: Jamoat joylarida, vokzallar va aeroportlarning kutiş zallarida, avtobus bekatlarida QR-kodlar (ştrix kodlar) yopiştirilgan kutubxona tablolarini joylaştiriş orqali yoşlarning kitoblarni zamonaviy mobil qurilmalarida öqişi va elektron nusxalarini yuklab olişi uçun imkon yaratiladi.
Belgilangan muddatdan 4 oy ötdi.
Uşbu loyiha böyiça qanaqadir işlar boşlangani haqida eşitdim, lekin tan oliş kerak sobiq Matbuot va axborot agentligi tomonidan bu böyiça yetarli işlar qilinmagan. Agentlik taşkil qilgan birorta QR-kodli kutubxonaga közim tuşmadi.
Internetda elektron kutubxona taşkil etib, uni QR-kodlar orqali aholi örtasida tarğib qiliş anʼanasi zamonaviy dunyo uçun begona emas.
Xususan, 2013-yili MTS kompaniyasi Rossiya, Ukraina va Belorus davlatlarida katta masştabdagi “Mobil kutubxona” loyihasini taqdim etgan.
MTSning “Mobil kutubxona” loyihasida turli janrdagi mingdan ortiq elektron kitoblar bepul taqdim etilgan.
Buning uçun maxsus www.lib.mts.ru sayti işga tuşirilgan. QR-kodni öz mobil qurilmasidan işga tuşirgan kitobxon saytdan epub, fb2 yoki txt formatlarida bepul köçirib olişi mumkin bölgan.
Özbekistonda ham şu kabi yirik masştabli loyihani tezroq işga tuşiriş kerak.
Ötgan yili şu loyihaga oid bir taqdimot tayyorlagandim va masʼul taşkilotlarga taqdim etganman.
Bugungi kunda agentlik yangitdan qayta taşkil etilib, uning rahbari Komil Allamjonov tomonidan qator innovatsion loyihalar qilinayotganini inobatga olib, balki foydasi tegib qolar degan maqsadda, öşa taqdimotni kanalimga joylayapman.
Xalq orasida kitobxonlikni keng yoyiş uçun haqiqatda foydasi tegadigan amaliy loyihalar köproq tatbiq etilişidan umidvormiz.
Taqdimotni surat şaklida köriş: 👇
https://teletype.in/@xushnudbek/B1s0wByF4
Taqdimotni yuklab oliş: https://goo.gl/1zUQqN
👉 @xushnudbek 👈


