Markaziy bank Özbekiston taşqi qarzi böyiça hisobot berdi

Matn31-mart, 2019, 13:542 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Markaziy bankning hisoboti böyiça

Markaziy bank Özbekiston Respublikasining tölov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va taşqi qarzi böyiça ÖZBEK TILIDA naşr eʼlon qildi.

Unda aytilişiça, naşr çoraklik asosda, hisobot çoragidan keyingi çorakning oxirida
amalga oşiriladi hamda özbek, rus va ingliz tillarida taqdim etiladi.

@davletovuz kanali eʼlon qilingan maʼlumotlar böyiça eʼtiborga molik jihatlar va ilk xulosalari bilan örtoqlaşdi:

«Birinçidan, 2018-yilda 14.9 mlrd.kub gaz eksport qilingan, örtaça tortilgan narxi 185 AQŞ dollari. 70 tonna oltin taşqariga sotilgan, örtaça tortilgan narxi (unsiyasi) 1269 dollar.

Ikkinçidan, 2018-yilda Kapital bilan boğliq operatsiyalar hisobining ijobiy saldosi taʼminlangan.

Uçinçidan, 2018-yilda töğridan-töğri investitsiyalarning sof oqimi 624 mln.dollarni taşkil etgan va bu körsatkiç 2017-yilga nisbatan 3 martaga kamdir (investitsion muhit özgarmaganligi, balki yomonlaşayotganligining belgisi). Kirib kelayotgan investitsiyalarning asosiy qismi mahsulot taqsimotiga oid bitimlar hissasiga töğri keladi

Törtinçidan, mamlakatning taşqi qarzi yangi davrda muttasil ösib bormoqda va 2018-yil yakuniga köra, 17.3 mlrd.AQŞ dollariga yetgan. Bunda xususiy kompaniyalar taşqi qarzi kamayib, davlat taşqi qarzi yuqori surʼatlarda oşib borayotganligi ahamiyatlidir.

Beşinçidan, jismoniy şaxslarning pul ötkazmalarida Rossiyaning uluşi sekinlik bilan bölsada kamayib bormoqda, AQŞ, Koreya, Turkiya kabi mamlakatlar bilan boğliq ötkazmalar hajmda va surʼatda tezroq ösib bormoqda.

Oltinçidan, 2026-yilgaça bölgan davrda taşqi qarzlarning qaytarilişi böyiça eng katta yuklama 2019-yilga töğri keladi».

@muhrim esa, masalaning boşqa tomoniga diqqatini qaratgan:

«Litvadan Özbekistonga 1 million dollar ötkazilgan, teskari yönaliş böyiça esa 20,5 million dollar Litvaga yuborilgan; Polşa bilan ham şunaqaroq manzara — 3,9 million Özbekistonga yuborilgan, 21,3 million Polşaga ötkazilgan. Nega Özbekistondan Litva va Polşaga bu qadar köp pul yuboriladi, bilmaysizlarmi?»

Ayrim izoh qoldiruvçilar bu pullar asosan öqiş uçun yuborilganini taxmin qilmoqda. «Eng muhimi şundaki boltiqböyi diplomlari deyarli butun yevropa böyiça tan olinadi. Öqiş narxi esa yevropadagi eng arzoni hamdir», - deyiladi bir izohda.

Jismoniy şaxslarning transçegaraviy pul ötkazmalari qismidan şu narsa maʼlum böladiki, 2018-yili Rossiyadan 3 mlrd 963 mln dollar, Qozoğistondan 320 mln, Turkiyadan 203 mln, AQŞdan 188 mln, Koreyadan 108 mln dollar pul Özbekistonga yuborilgan.

Özbekistondan esa Rossiyaga 402 mln, Turkiyaga 131 mln, Qozoğistonga 73 mln, Xitoyga 66 mln dollar pul yuborilgan. Bu asosan tadbikorlar hissasiga töğri kelsa kerak.

Umuman olganda, men ham Markaziy bankning uşbu naşri bilan tanişib çiqişni maslahat beraman.

Köçirib oliş
Pdf formatda, 4,4 mb

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek