Moliya vaziri örinbosari oltin zaxiralari haqida gapirdi

Matn31-avgust, 2019, 14:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​​​Moliya vaziri örinbosari: «Oltinni köp uşlab turişimiz kerak emas, uni pul keltiradigan narsalarga tikiş lozim»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Moliya vazirligi, Markaziy bank mutasaddilari iştirokida «Davlat qarzini samarali boşqariş» mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi.

Unda Özbekistonning taşqi qarzi yalpi içki mahsulotning 23,5 foiziga teng bölgani maʼlum qilindi. Moliya vazirligi boşqarma boşliği Jasur Qarşiboyev yil boşida 9,9 milliard bölgan davlat taşqi qarzi 6 oyda qariyb 13,1 milliard dollarga ösganini taʼkidladi. Aytilişiça, qarzlarning ayrimlari uzoq va örta muddatlarga olingan, qolaversa, imtiyozli davrda foiz stavkasi tölanib, qarz summasi tölanmaydi.

Muloqot davomida jurnalistlar xalqaro rezervlardagi kapital va uni boşqariş samaradorligi haqida savol berdi.

«Markaziy bank respublika nomidan xalqaro rezervlarni boşqaradi, — dedi Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqov. — Özbekistonning xalqaro rezervlardagi puli hozirda 27 mlrd dollarni taşkil etadi. Bu qiymatning yarmi oltin, yarmi valyuta körinişida. Faqat banklarga depozit qöyavermasdan bosqiçma-bosqiç moliyaviy bozorlarga çiqişni ham yölga qöyiş kerak. Çunki şu orqali depozitlardan köra köproq foyda olib keliş imkoniyatlari mavjud. Oltinni ham aslida köp uşlab turişimiz kerak emas. Oltin özi köp, u bizga heç qanaqa pul keltirmaydi. Oltinni pul keltiradigan, foiz hisobida foyda keltiradigan narsalarga tikiş kerak».

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing