Farg'onada QR-kodli elektron kutubxonalar tashkil etildi
Elektron kutubxonaga oid postimga Ahmad Farğoniy nomidagi Farğona viloyati axborot-kutubxona markazining Feysbukdagi sahifasida quyidagiça javob qoldirildi:
«Assalomu alaykum, Xuşnudbek! Yaxşimisiz? Sizning kanalingiz faol foydalanuvçilaridan biriman. Huquqiy-savodxolikni oşiriş borasidai işlaringiz tahsinga sazovor! Bugun QR-kodli elektron kutubxonalar haqida post qoldirdingiz.
Bu borada qilgan işlarimizdan namunalar yuboryapman. Yoşlar ittifoqi oldidagi banner ham kutubxonamiz tomonidan tayyorlangan. Agentlik jim, deganiz uçun, bildirib qöyay dedim. Biz Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tasarrufidamiz. Va bizning qilgan işimiz, şubhasiz, ularning ruxsatisiz amalga oşirilmaydi. Quyidagi linklarda QR-kodli elektron kutubxonalarning veb-saytlarda yoritilganligi haqida maʼlumotlar bor.
Eʼtiboringiz uçun rahmat!
Şohidbek Aslonov, Farğona viloyat axborot-kutubxona markazi direktori»
P.S.: Sizlarga ham qilayotgan ezgu işlaringiz va saʼy-harakatlaringiz uçun katta rahmat!

