Nostrifikatsiya qilinmagan diplom bilan işlaş tartibi
Nostrifikatsiya qilinmagan diplom bilan işlasa böladimi?
Keçagi mavzuni davom ettirib, aytiş esimdan çiqqan bir jihatiga töxtalmoqçiman.
«Diplomim ötadimi?» deb söraydiganlarga doim bir savolni beraman: «Qayerda işlamoqçisiz özi?».
Çunki iş joyiga qarab diplomni nostrifikatsiya qiliş şart yoki şart emasligi farqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-oktabrdagi 795-son qarori bilan tasdiqlangan xizmatçilarning asosiy lavozimlari va işçilar kasblarining klassifikatorida qaysi lavozimga qaysi taʼlim darajasi talab qilinişi belgilab qöyilgan. Masalan, qaysidir lavozimga oliy maʼlumot kerak, qaysidiriga örta maxsus daraja ham yetarli, ayrimlari uçun esa umuman maʼlumot darajasiga talab qöyilmaydi.
Ammo bir narsani bilişingiz kerakki, uşbu klassifikator faqat davlat taşkilotlari, xöjalik boşqaruvi organlarida, şuningdek ustav kapitalida davlat uluşi 50 foizdan ortiq bölgan taşkilotlarda qöllanilişi majburiy hisoblanadi, boşqa taşkilotlar uçun esa — tavsiya xususiyatiga ega.
Bu nima degani?
Masalan, bir davlat taşkilotiga A. ismli şaxsni koordinator lavozimiga işga olişmoqçi. Klassifikatorda öşa lavozimga oliy maʼlumot talabi qöyilgan. A. ismli şaxs Özbekistonda kollejni tugatib, keyin xorijiy OTMda öqigan, oliy maʼlumoti bor. Lekin uning diplomi hali nostrifikatsiya qilinmagan. Bunday holatda A.ning diplomi Özbekistonda tan olinmaganligi sababli, uni davlat taşkilotidagi oliy maʼlumot talab qilinadigan lavozimga işga olib bölmaydi.
Endi xuddi şu A. ismli şaxs iş sörab xususiy kompaniya yoki firmaga murojaat qildi. Bunday vaziyatda klassifikator xususiy va nodavlat sektor uçun majburiy emasligi sababli, bemalol A.ni koordinator sifatida işga qabul qiliş mumkin. Buni rahbarning özi hal qiladi. Diplomi nostrifikatsiyadan ötganmi, ötmaganmi, maʼlumoti bormi, yöqmi, farq qilmaydi, agar öşa xodim unga kerak bölsa, bemalol işga olaveradi. Bu qonunga xilof emas.
Faqat qonun bilan belgilangan talablar amal qiladigan ayrim lavozimlar bor, öşalargagina istisno holat bölişi mumkin. Masalan, aptekada farmatsevtikaga oid oliy maʼlumot talab qilinadi va h.k.
Şu sababli xorijda olgan diplomim ötadimi, degan savolga javob izlaş uçun eng avvalo qayerda işlamoqçi ekanligingizni aniqlaştirib olsangiz yomon bölmasdi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ



