Andijonlik tabibning noqonuniy faoliyati töxtatildi
Andijonlik tabib böyiça Boş prokuratura axboroti
Şahrixon tuman prokuraturasi tomonidan 2019-yil 19-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilingan tabib X.I.ning faoliyatini örganiş harakatlari olib borildi, deya xabar bermoqda Boş prokuratura matbuot xizmati.
Fuqaro X.I. Şahrixon şahar “Navröz” MFY, Hurriyat köçasida tabiblik faoliyati bilan şuğullanib kelgan.
Uning xonadoniga kuniga 300-400 nafar fuqarolar, asosan Şahrixon tumani, qöşni tuman-şaharlar, viloyatlar va xatto qöşni Respublikalarda yaşovçi fuqarolar kelib ketgan. Taşrif buyurayotgan fuqarolarning aksariyatini yurak-qon tomir, endokrin tizimi va boşqa oğir kasalliklar böyiça murojaat qilayotganlar taşkil qilgan.
Xalq tabobati sohasidagi qonunçilikda belgilangan talablar, xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat körsatuvçi şaxslarning huquqiy maqomi va ular tomonidan körsatilgan xizmatlar oqibati uçun javobgarlik belgilanganganligi töğrisida Şahrixon tuman prokuraturasi tomonidan 28.11.2018-yilda X.I.ga tuşuntiriş beriş bilan birga, litsenziya olinişi şart bölgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan şuğullangan taqdirida javobgarlikka tortilişi haqida rasman ogohlantirilgan.
Lekin, X.I. ogohlantirilişiga qaramasdan özining noqonuniy faoliyatini davom ettirib kelganligi bois, Şahrixon tuman Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan unga nisbatan 13.12.2018-yilda Özbekiston Respublikasi MJtKning 165-moddasi 1-qismida körsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi töğrisida maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, töplangan hujjatlar Şahrixon tuman maʼmuriy sudiga yuborilgan.
Şahrixon tuman maʼmuriy sudining 24.12.2018-yildagi qaroriga köra, X.I.ga nisbatan eng kam oylik iş haqining 5 barobari, yaʼni 1.013.650 söm jarima jazosi tayinlagan.
Keyingi tekşiruv davomida X.I hozirgaça tabiblik faoliyati uçun litsenziya olmaganligi aniqlangan bölib, Şahrixon tuman prokuraturasi tomonidan X.I. kelgusida litsenziya olinişi şart bölgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan şuğullangan taqdirida jinoiy javobgarlikka tortilişi xaqida rasmiy ogohlantirilib, Şahrixon tuman IIB va Şahrixon tuman DSI tomonidan körilgan taşkiliy çora-tadbirlar natijasida X.I.ning noqonuniy faoliyati tugatildi.
Avvalroq Kun.uz sayti Andijonlik tabib böyiça suriştiruv ötkazgan edi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 1
